Pedagogik faoliyat va pedagogik mahorat

Pedagogik faoliyat va pedagogik mahorat

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik faoliyat va pedagogik mahorat - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik faoliyat va pedagogik mahorat Режа: Pedagogik faoliyatning mazmuni. Pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari. Pedagogik faoliyatning insonparvarlikka yo'naliganligi. O'qituvchilik mahorat. Pedagogik faoliyatda qobiliyat. Pedagogik mahoratning mezonlari va prinsiplari. Boshqa barcha faoliyatlar kabi pedagogik faoliyat ham o'zining xususiyatlari bilan ajralib turuvchi maqsad, vazifa, obyekt, subyektdan va komponetlardan iborat. Pedagogik faoliyatning maqsadi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, jamiyat tomonidan belgilanadi, va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat, avlodlarning o'zaro ijtimoiy bog'liq aloqalarini amalga oshirishga yoshlarni tayyorlash, insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini egallashda foydalanishdan iborat. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning maqsadi ijtimoiy jihatdan standart tarzda belgilab berilgan bo'lsada, lekin aniq pedagogik holatda vazifalar nostandart tarzda kelib chiqadi. Demak, o'qituvchidan aniq holatdan kelib chiqib, maqsadni ko'ra bilish orqali ijtimoiy xolatga bog'langan holda ijodiy yondashuvni talab etadi. O'qituvchi faoliyati boshqalar faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, o'qituvchi faoliyati o'quvchilar faoliyati asosida quriladigan faoliyatdir. Misol uchun olganda, murakkab, ziddiyatli bir holatda pedagog baqirmaslikka, u yoki bu shaxsni ajratib ko'rsatmaslikka harakat qilishi kerak, balki tarbiyalanuvchilar o'zlari mazkur sharoitdan to'g'ri xulosa chiqarishi uchun imkoniyat bermog'i lozim (tikilib turishi, jim turishi, keskin gapirishi). Albatta, bunday yechim tarbiyalanuvchilarning yuqori darajada ongliligidan dalolat bermasada, ular tarbiyachi maqsadi sari borganligini bildiradi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o'ziga xos tomoni shundaki, u pedagog va o'quvchi maqsadi ham bo'lib qolishi kerak. Boshqa odamlarning (faoliyatini boshqarish shu jihatdan ham murakkabki, tarbiya maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagini loyihalashtiradi. Albatta, bu maqsad o'qituvchi uchun yaqin va tushunarli, chunki u: «Sen bilishing, uddalashing, bajarishing kerak», deb talab etadi. Lekin bola shu birgina kun tashvishi bilan yashaydi, bugungi kun muammosini hal etib boradi. Kelajak uning uchun juda ham uzoq. Bunday qarama-qarshilikni tarbiya fojiasining asosi deyish mumkin. Pedagog hozirgi zamon ruhi bilan yashash orqali kelajakni ko'ra bilishi, uni tashkil eta bilish uning uchun o'ta murakkabdir. Buni tushungan mohir pedagoglar faoliyatining asosini bola ehtiyojiga tayanib yo'lga qo'yadilar, ya'ni o'zining faoliyat dasturini bola dasturiga muvofiq holda tuzadi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o'ziga xosligi o'qituvchidan jamiyatning ijtimoiy vazifasini belgilashda shaxsiy tashabbus ko'rsatishni, ya'ni o'qituvchi pedagogik pozisiyasida jamiyat maqsadi ortib borishi o'z ifodasini topishi kerak. Aniq faoliyatning maqsad va vazifalarini ijodiy tushunib yetish; bolalar qiziqishlarini hisobga olish va ular o'quv jarayonidagi maqsadlarini amalga oshirishda faoliyat turlari va mazmunini o'zgartirib borishi kerak. Pedagogik mehnatning obyekti: - Inson bo'lib «shakllanayotgan shaxs ma'naviy turmushining nozik tomonlari - aql, his, iroda, ishonch o'z-o'zini anglash»dir. Pedagogik faoliyat obyektining uziga xos tomonlari quyidagicha: Inson tabiatning o'lik materiali emas, balki takrorlanmas individual sifatlari, faqat o'ziga xos munosabati va bo'layotgan voqealarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.92 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.92 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga