Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish - ijtimoiy zaruriyat ekanligi Reja : 1.Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish - ijtimoiy zaruriyat ekanligi. 2. Pedagogik tizim haqida tushuncha va uning komponentlari. 3.Didaktik jarayon va uni loyihalashtirish. 4.Boshlang'ish na'lim jarayoni loyihasini va algoritmini tayyorlash yo'llari,. Asosiy tushunchalar: pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish, ta'lim texnologiyasi, loyihalashtirish, pedagogik tizim, didaktik jarayon. Jamiyat taraqqiyoti hozirgi davrda ijtimoiy hayotning barcha sohalarini texnologiyalashtirishni taqozo qilmoqda. Ayniqsa pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish har qachongidan ham zaruriyatga aylanmoqda. Bu zaruriyat quyidagilar bilan izohlanadi: - birinchidan, jamiyatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi hamda aholi ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida; - ikkinchidan, o'qituvchi faoliyatiga faqatgina o'quv jarayonining tashkilotchisi emas, balki nufuzli bilimlar manbai sifatida qaralayotganligi; - uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o'ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko'payib borayotganligi va ularni yoshlarga yetkazish uchun vaqtning chegaralanganligi; - to'rtinchidan, kishilik jamiyati o'z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo'lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o'tib borayotganligi; - beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg'or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilayotganligi. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish yuqorida sanab o'tilgan beshta shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta'limiy tadbirdir. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish pedagogik tizim doirasida bajariladigan amallardan iborat. Har qanday jamiyatda pedagogik tizimning maqsadi jamiyatning shaxsni shakllantirishga qo'ygan talablari asosida belgilanadi va jamiyat talablari asosida tizim ham o'zgarishi mumkin. Juda ko'p tadqiqotlarga asoslangan holda V.P. Bespalko pedagogik tizimning o'zaro bog'liq 6 ta elementini ko'rsatadi. Bular: 1) o'quvchi; 2) ta'lim - tarbiyaning maqsadi; 3) mazmuni; 4) didaktik jarayoni; 5) o'qituvchi yoki tehnik vositalar; 6) ta'lim - tarbiyaning tashkiliy shakllari. 1-chizma Pedagogik tizim Ijtimoiy buyurtma Didaktik vazifa Ta'lim texnologiyasi Bu tizimdagi dastlabki 3 element didaktik vazifa, qolgan 3 tasi ta'lim texnologiyasi sifatida ko'rsatiladi. Ko'rsatilgan strukturada shaxsda ma'lum sifatlarni shakllantirish uchun o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi bir - biriga bog'liq aloqa ko'rsatiladi. Pedagogik tizimning bu strukturasida har qanday ilmiy nazariyada uchraydigan dastlabki tushunchalar: vazifa va uning yechish texnologiyasi ko'rsatilgan. Ilg'or pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o'quvchilarning mutaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malalakalarni shakllantiradi. Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o'qituvchi faoliyayati va o'quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq texnologiyasi ko'rsatiladi. Pedagogik texnologiyaning muhim xususiyatlari, belgilari quyidagilar: - ta'lim jarayonini oldindan loyihalash va sinfda o'quvchilar bilan qayta ishlab chiqish; - tizimli yondashuv asosida o'quvchining o'qish-bilish faoliyatini tasvirlaydigan ta'lim jarayoni loyihasini tuzish; - ta'lim maqsadi real, aniq diagnostik bo'lishi va o'quvchining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.59 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.59 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:44 ]
Arxiv ichida: doc