Pedagogik faoliyatning axloqiy jihatlari

Pedagogik faoliyatning axloqiy jihatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik faoliyatning axloqiy jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik faoliyatning axloqiy jihatlari Reja: 1. Axloqiy ma'rifatlilik 2. Axloqiy tajriba 3. O'z-O'zini axloqiy tarbiyalash O'qituvchilik faoliyati o'z mohiyatiga ko'ra axloqiy xarakterga ega. Pedagogik faoliyatning bunday xususiyati barcha fan o'qituvchilariga, tarbiyachilar, sinf va maktab rahbarlariga birdek taalluqlidir. Barcha pedagogik xodimlarning har bir so'zi va amaliy xatti-harakatlari o'quvchilarga, tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy va milliy axloqni singdirish maqsadiga xizmat qilishi lozim. Bu ish, o'z navbatida, muallim va o'quvchilardan axloq nazariyasi, axloqiy tasavvur va tushunchalar, o'qituvchi odobiga doir bilimlarning muntazam ravishda oshirib borishni; muhokama, mulohaza qilib, uning mohiyatini tushunish, mag'zini chaqishni talab etadi. Murakkab axloqiy hodisalarning mohiyatini o'quvchilarga tushuntirish mas'uliyatli ish bo'lib, buning uchun muallim o'quvchilarning yoshi, saviyasiga mos, ular tushunadigan axloqiy faktlar, misollarni izlab topishi, tanlab olishi kerak. Pedagogik faoliyat o'qituvchidan axloqiy-ma'rifatli, yaxshi xulq egasi bo'lishni; axloqiy tajribaga ega bo'lishni, o'z-o'zini muntazam ravishda axloqiy jihatdan tarbiyalab borishni talab etadi. Shu bilan birga, muallim o'quvchilarga muntazam ravishda axloqdan saboq berib, ularning axloqiy bilimli qilishi; bolalarga yaxshi xulqiy odatlarni amalda bajartirib, mashq qildirib, axloqiy tajriba orttirishlariga ko'maklashishi; o'quvchilarni ham o'z-o'zini tarbiyalab borishlariga erishishi zarur. Axloqiy ma'rifatlilik Axloqiy ma'rifat pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi bo'lib, uning maqsadi umuminsoniy va milliy axloqning mohiyatini, qonuniyatlarini, uning tamoyillari, talablari, qoidalariga doir bilimlarni, axloqning odamlar hayotidagi o'rni va rolini muallimning o'zi anglab olishi va tarbiyalanuvchilarga, o'quvchilarga singdirishidir. Pedagogik xodimlarning hammasi, barcha fan o'qituvchilarining faoliyati shu maqsadga qaratilishi zarur. O'zbekiston maktablarida Odobnoma o'quv predmeti sifatida o'qitilayotgani ham o'quvchilarni axloqiy-ma'rifatli qilishdek muhim vazifani tuzukroq bajarishga, o'quvchilarning axloqiy tarbiyasini yaxshilashga da'vat etilgan. O'quvchilarni axloqiy-ma'rifatli qilish bu, ularning axloqqa doir muammolar, axloqiy baho mezonlari bilan tanishtirish; kishi biror ishni qilayotganda fikri, so'zi, xulqi, xatti-harakatlarida mas'uliyatini va erkinlik darajasini bilishi, har bir harakatining xulq-atvorining oqibatini ko'z oldiga keltirish lozimligini yoshlarga anglatishdan iborat. Shu tariqa o'quvchilar hayotining ma'nosi, yashashdan maqsad baxt nima ekanligini anglab olishlari lozim. Bu muammoli masalalarni boshqalarga tushuntirish uchun o'qituvchi axloq nazariyasi sohasida chuqur bilimga ega bo'lishi, umuminsoniy va milliy-axloq bilan sinfiy axloqning farqi va o'xshash tomonlarini ajrata bilishi lozim. O'quvchilarning to'g'ri javob berish uchun muallimning ko'p vaqti ketadi, u ko'p kuch sarflaydi. Lekin bu jarayonda o'qituvchining axloqqa doir bilimlari, ma'naviy saviyasi ham orta boradi. Axloqiy ma'rifat shaxsni axloqiy tarbiyalashning birinchi bosqichi bo'lib yoshlarni axloq to'g'risida falsafiy ta'limotlarning mazmuni va mohiyati, progressiv axloqiy g'oyalar, tamoyillar, qoidalar bilan tanishtiradi. Kishi xulqiga bilimdan ko'ra ham e'tiqod ko'proq to'rtki bo'ladi. Axloqiy bilimlar hali e'tiqod degani emas. Ayrim o'qituvchilar buning farqini ajrata olmay, axloqiy bilim berishni-axloqiy tarbiya berish deb tushunadilar. Shuning uchun ham ular ko'pincha bolaga nasihat qilish, axloqqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.7 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.7 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga