Pedagogik faoliyatning jamiyatimiz rivojlanishida tutgan o'rni. Pedagogik mahorat mohiyati

Pedagogik faoliyatning jamiyatimiz rivojlanishida tutgan o'rni. Pedagogik mahorat mohiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik faoliyatning jamiyatimiz rivojlanishida tutgan o'rni. Pedagogik mahorat mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik faoliyatning jamiyatimiz rivojlanishida tutgan o'rni. Pedagogik mahorat mohiyati Reja: 1. Jamiyat rivojlanishida ta'limning o'rni. 2. Pedagogik faoliyat xususiyatlari. 3. Pedagogik mahorat tarkibiy qismlari. 4. Oliy o'quv yurti o'qituvchisi pedagogik faoliyatining xususiyatlari. Tayanch iboralar: taraqqiyot, zamonaviy mutaxassisga qo'yilayotgan talablar, ta'lim tizimi, pedagogik faoliyat, pedagogik mahorat, pedagogik qobiliyatlar, pedagogik texnologiya, pedagogik funksiya. MS: Sizningcha, davlatning rivojlanishini belgilovchi eng asosiy omil nima? Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bo'lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bo'lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta'sir ko'rsatishi tabiiy. Bular ichida: mamlakatda mavjud bo'lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta'lim tizimi, tarixi va boshqa ko'p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni o'z qo'li bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg'or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yo'lga qo'ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol o'ynaydi. Demak, O'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo'lishida ham inson omilining o'rni beqiyosdir. MS: Xo'sh, kelajakda buyuk davlat barpo etishga qodir insonlarni tayyorlab berish birinchi o'rinda kimning qo'lida? Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga oshirishda turli sohalar mutaxassislari ishtirok etadilar, lekin bunda ustoz-murabbiylar o'rni beqiyosdir. Aynan ta'lim sohasida iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun mutaxassislar tayyorlanadi. MS: Vaqt o'tishi bilan, zamon o'zgarishi bilan mutaxassislarga qo'yiladigan talablar o'zgarib boradimi, yoki ma'lum o'zgarmas talablar ro'yhati mavjudmi? Ishlab chiqarish texnik taraqqiyot bilan bog'liq bo'lganligi uchun, odamzot bor ekanki, u hech qachon to'xtab qolmaydi. Rivojlanayotgan ishlab chiqarish esa mutaxassislar oldiga yangidan-yangi talablar qo'yaveradi. To'g'ri, hamma zamonda ham mutaxassislarga qo'yiladigan umumiy, o'zgarmas talablar mavjud, lekin ular ko'proq inson ma'naviyati bilan bog'liq talablardir: ishchanlik, halollik, hamkorlikda ishlay olish va boshqalar. Talabalarda bu fazilatlarni shakllantirishga ham pedagog alohida e'tibor qaratishi lozim, lekin kasbiy fazilatlarga to'xtaladigan bo'lsak, ular davr o'tishi bilan katta o'zgarishlarga uchraydi. Bugungi kunda zamonaviy mutaxassisga qo'yilayotgan talablar: ►mustaqil, tahliliy fikrlay oladigan; ► zamonaviy texnologiyalarni qo'llash orqali uchragan muammolarni echa oladigan; ► olayotgan bilimlari unga qaerda kerak bo'lishini aniq tasavvur qila oladigan; ► yangilik yarata oladigan, muammolarni hal etish yo'llarini o'ylab topa oladigan, muloqotga kirishuvchan, o'zining aqliy darajasi, axloqi, madaniyati ustida ish olib bora oladigan bo'lishi kerak. ►hamkorlikda ishlash, o'zaro fikrlar bilan almashishni bilishi; ►yangi g'oyalarni qabul qila olishi; ►tahliliy fikrlash va yangi sharoitlarga moslasha olishi; ►o'z harakatlari uchun mas'uliyatni his qila olishi; ►boshqarishni bilishi zarur. MS: Mutaxassisga qo'yilayotgan talablar va ta'lim o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud? Zamonaviy ishlab chiqarish mutaxassislar oldiga qo'yayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.98 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.98 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga