Pedagogik fikr va maktab amaliyotida o'qituvchi mahorati masalalari

Pedagogik fikr va maktab amaliyotida o'qituvchi mahorati masalalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik fikr va maktab amaliyotida o'qituvchi mahorati masalalari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik fikr va maktab amaliyotida o'qituvchi mahorati masalalari Reja: sharq mutafakkirlari asarlarida o'qituvchi-murabbiy kasb haqidagi fikrlar. o'qituvchining kasb-mahoratini tarbiyalashning mohiyati to'g'risida chet el olimlarining pedagogik qarashlari. hozirgi davrda o'qituvchilarning ksb-mahoratini tarbiyalashning amaliyotdagi ahvoli. Plakatlar, jadval. mustaqil Respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Respublikamizda taraqqiyot va o'zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning xar tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Maktablarimiz ma'naviy baquvvat, bilimli, o'z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg'usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta'lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng kulamli muammolardan biridir. xalq ta'limi tizimida xal qiluvchi inson o'qituvchidir. Agar o'qituvchi ijodkor va izlanuvchan bulsa, o'quvchi bilim darajasi xam baland bo'ladi. o'qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar soxibi, yangilangan ta'lim mazmunini egallagan bo'lishlari kerak. Pedagog xodimlar uzlarini kasb ko'nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart» - deb takidlanadi. «ta'lim to'g'risidagi» qonunda o'qituvchi kasbining nozikligi mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g'risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirishish mahorati, muomila madaniyati sharq mutafakkirlarining asarlarida o'z ifodasini topgan. sharq ma'naviy - madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa uyg'onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Farobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy va boshqa kuplab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi. sharqning buyuk allomasi, komusiy olim Farobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotida utgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ibratli g'oyalarni ilgari surgan. «o'qituvchi, - deydi Farobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmokchi bo'lgan fikrlarni tula aniq ifodalay olishni bilmogi zarur. Shu bilan birga o'z or-nomusini kadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt chukkisiga erishadi» - deb takidlaydi. Mutafakkir Farobiy o'qituvchi shaxsiga xos kator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharx berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharxlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar xam o'z dolzarbligini yukotmagan. Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atokli olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037)ning fikricha, « o'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo'y va bola tarbiyalash uslublarini axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bulmogi lozim. o'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini urganib, uning aql katlamlariga kira olmogi lozim. Abu Ali Ibn Sino mulohazasiga ko'ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi ko'rishi xurmat qilish, ular bilan xushmuomila bo'lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o'z vaqtida ragbatlantirish, goxida maktab kuyish, aksincha ulganda esa unga tanbex berish kerak. Lekin dedi Ibn Sino, tanbex bolaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.5 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.5 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga