Pedagogik hamkorlik haqida tushuncha (o'quv mashg'ulotlarida hamkorlik pedagogikasi) Reja: 1. Darsda o'z-o'zini nazorat qilish. 2. Darsda mustaqil ishni tashkil qilish. 3. Darsni psixologik jihatlari va darsning sifati. 4. Dars shaklining zamonaviyligi. 5. Dialog shaklli o'qituv tizimini va shaxsni rivojlantiruvchi darsni shakllantirish. Kirish Bugungi kunda O'zbekiston taraqqiyotining poydevori bo'lgan barkamol avlodni ma'naviy-axloqiy jihatdan voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Sog'lom avlod davlat dasturi, Komil inson g'oyasi, Ijtimoiy himoya yili kabi davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan yo'nalishlar fikrimizning isbotidir. Albatta bu ishlarni amalga oshirishda uzluksiz ta'lim turlari, ayniqsa oliy ta'lim o'quv muassasalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ushbu maskanda ta'lim olayotgan har bir yosh yigit-qiz faqatgina u yoki bu soha mutaxassisligiga ega bo'libgina qolmay, jismoniy va ma'naviy jihatdan kamol topadi, jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etadi. O'zining bilimi, ma'naviyati, madaniyati bilan O'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li bo'lgan ozod va obod Vatan uchun mehnat qiladi. Albatta bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda oliy ta'lim o'quv yurtlarida o'qitiladigan Pedagogik mahorat fanining ahamiyati kattadir. Chunki Pedagogik mahorat talaba shaxsini ma'naviy shakllantirishda, milliy istiqlol g'oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashda, ularning madaniyatini rivojlanti-rishda muhim o'rin tutadi. Darhaqiqat, o'quv maskanlarida, ishlab chiqarish korxonalarida ish faoliyatini to'g'ri tashkil etish va boshqarish o'qituvchi yoki rahbarning pedagogik mahorati va pedagogik faoliyatiga bog'liq. O'qituvchi mahorati-bu bevosita pedagogik faoliyatni boshqarishning ustasi hisoblanadi. Shunday ekan, halqimizda har bir ishning ustasi bo'lganidek o'qituvchi yoki rahbar mahorati ikki baravar ustalikni talab etadi. Rahbar mahoratida shaxs psixologiyasini, ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshi bilish muhim o'rin tutadi. Chunki mahoratli o'qituvchi talabalarning fanlardan tez o'zlashtirish, mutaxassislik kasbini tez o'rganishni tashkil etadi. Pedagog mahoratining xususiyatlari bu aniq maqsad, obyekt va subyekt uzviyligini ta'minlash hisoblanadi. Bunda o'qituvchining asosiy maqsadi jamiyat talabidan kelib chiqqan holda komil insonni voyaga etkazishga qaratilishi va aniq vazifalarni belgilashi lozim. O'qituvchi faoliyati doimo talabalar faoliyatini boshqarishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bu jarayonda o'qituvchi mahorati talaba yoki o'quvchi bilan bir qarorga kelishini o'rgatishi kerak. Pedagogik mahoratning maqsadi shundaki, o'qituvchi maqsadi talaba maqsadiga aylanishi kerak. Buning uchun o'qituvchi o'z ishining uddasidan chiqishi, ishlashni bilishi lozim. Pedagog zamon bilan yashashi, kelajakni ko'rishi kerak. Pedagog mahoratining xususiyati talaba shaxsida jamiyatning vazifalarini, maqsad va vazifalarni aniq bajarishida ijodiy yondashish qobiliyatiga ega bo'lishni shakllantirishi lozim. O'qituvchi mahoratining asosiy obyekti - bu Inson. Yani o'qituvchi talabaning shaxsiy ma'naviy hayotini shakllantiruvchidir. Bunda aql, his-tuyg'u, iroda, ishonch, ong, tafakkur yuqori darajada bo'lishi lozim. Pedagog mahoratining obyekti quyidagilardan iborat: 1. Inson. Inson-tabiatning qattiq materiali emas. Aksincha, indivi-dual xususiyatlarga ega bo'lgan, faol kishidir. U tushunadi, fikr qiladi, mustaqil ishlaydi. Pedagogik faoliyatning obyekti bir vaqtning o'zida subyekt ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.7 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:44 ]
Arxiv ichida: doc