Pedagogik ijodkorlik va pedagogik refleksiya

Pedagogik ijodkorlik va pedagogik refleksiya

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik ijodkorlik va pedagogik refleksiya - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik ijodkorlik va pedagogik refleksiya Reja: Pedagogik ijodkorlikning namoyon bo'lishi: intuitsiya, zehn va xayolot. O'qituvchining akmeologik madaniyati. O'qituvchining o'z-o'zini boshqarishi va o'z-o'zini rivojlantirishida pedagogik refleksiyaning o'rni. Pedagogik ijodkorlikning namoyon bo'lishi: intuitsiya, zehn va xayolot. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun har bir o'qituvchidan tashabbuskorlik, ijodiylik, mustaqil fikrlay olish, yechimlarning yangi, andozasiz yondashuvlarni talab qiladi. Maktabdagi dars pedagogik ijodkorlikning bosh platsdarmi hisoblanadi. Darsda o'qituvchining asosiy ehtiyoji: uzatish, berish, o'rgatish amalga oshiriladi. O'smoqda bo'lgan yosh avlodga o'z bilim va tajribalarini uzatish jarayonida o'qituvchi o'z ijodkorligini namoyon qiladi. Pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xarakterga ega. O'qituvchining profesional odobi bu xususiyatni ham o'z ichiga oladi. Ma'lumki, inson oldida bir muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug'iladi. O'qituvchilik kasbi ana shunday xususiyatga ega. Chunki o'qituvchilik ishida hamma vaqt ham qo'llash mumkin bo'lgan tayyor qoida, retsept yoki shablonlar yo'q. Pedagog o'quvchi shaxsni shakllantiradi, kutilmagan vazifalarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o'quv jarayonini mustaqil bajaradi. Bolalaraing hammasida ijodkorlik mavjud. Pedagogik ijodkorlikning tub mohiyati ishning maqsadi va xarakteri bilan bog'liq. Pedagogik ijodkorlik manbai - pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba deganda. o'qituvchining o'z vazifasiga ijodiy, yangicha yondashishi, o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasida yangi samarali yo'l va vositalarni qidirib topa bilish tushuniladi, ijodiy ishlaydigan o'qituvchi tadqiqotchilik ko'nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur, chunki hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o'qituvchining ijodkor bo'lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi va nihoyat o'quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o'rgatish va jalb etishni talab qiladi. O'qituvchining pedagogik odob madaniyati, obro'si qanchalik baland bo'lsa, ta'lim va tarbiya ishlari shunchalik samarali va ta'sirli bo'ladi. Ta'lim jarayoni o'qituvchi ijodiy qobiliyatini namoyish etuvchi sahnadir. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan o'qituvchilik mahorati hech qachon bir yo'nalishda qotib qolmasligi kerak. O'qimvchining ta'lim jarayonidagi mahorati jamiyatda fan olamida ro'y berayotgan yangiliklar va hodisalar bilan doimo chambarchas bog'langan holda shakllanib boradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar ta'lim sohasida o'qituvchi oldiga yuksak vazifalarni qo'ymoqda. Zamonaviy ta'lim o'qituvchidan quyidagi vazifalarni e'tiborga olishni talab qiladi: - o'z mutaxassisligi bo'yicha eng so'nggi bilimlardan xabardor bo'lib borish, ta'limni pedagogik texnologiyalar hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanib amaldagi o'quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi; -ta'limda o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini e'tiborga olib o'z mahoratini, bilimini va qobiliyatini namoyish etishi; - o'quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o'zlashtirilishiga sharoit yaratish; - o'quvchilar tomonidan o'rganilayotgan o'quv fanlarining o'zaro aloqadorligini ta'minlash; - ta'limni tarbiyaviy jarayon bilan o'zaro aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish; - o'quv tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlarida ta'limning emotsionalligini ta'minlash; internet va axborot texnologiyalari asosida fanning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.71 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.71 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga