Pedagogik ilmiy tadqiqot ishlari va ularga mos innovatsion ta'lim texnologiyalari Reja: 1. Pedagogika fani va uning muammolari 2. Zamonaviy ta'lim texnologiyasining ilmiy nazariy asoslari 3. Muayyan mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion uslublarni joriy etish 4. ta'limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etish 5. ta'limni boshqarishga tizimiy yondashuv Pedagogika fani va uning muammolari Tayanch iboralar va atamalar: pedagogika, tarbiya, tali-mot, tarbiyalash, fan, ma'lumot berish, dunyoqarash, e'tiqod, ezgulik, go'zallik, yaxshilik, o'qitish tushunchasi, ta'limning ilmiy modeli, didaktika, xususiy didaktika, pedagogika tarixi, pedagogikada tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog'i, pedagogikaning maktabshunoslik sohasi, oila pedagogikasi, maktab ta'lim pedagogikasi, umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, oliy ta'lim pedagogikasi, xususiy metodika, defektalogiya, tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, kiyosiy pedagogika, milliy pedagogika, inson kamoloti, komil inson tarbiyasi, «Avesto», mustaqillik pedagogikasi, ijtimoiy va kasbiy pedagogika, terrorizm, kiberterrorizm. Pedagogika (yunoncha, pais-bola, agogos-etaklash) tarbiya haqidagi ta'limot, tarbiyalash san'ati, tarbiya haqidagi fan. Pedagogika tarbiya va ta'lim sohasiga tegishli bilimlar yig'indisi. Pedagogika (yunoncha-paidagogike) tapbiya, ta'lim hamda ma'lumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika (grekcha «paydagogos» bola va etaklash manosini bildiradi) insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta'lim-tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fan. U yosh avlodni va kattalarni tarbiyalash haqida bahs etadi. ta'riflarni umumlashtirib, kuyidagicha ifodalash mumkin. ta'riflarda keltirilgan tarbiya, ta'lim va ma'lumotlar berish terminlari haqida qisqacha ma'lumotni keltiramiz: 1. Pedagogika fani tarbiya jarayonining qonuniyatlari tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi. Tarbiya - shaxeda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlargi ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. Demak, tarbiya ijtimoiy hodisa bo'lib, insonning shaxe bo'lib shakllanishini ta'minlaydigan eng kadimiy va abadiy manavii qadriyatdir. Tarbiya insoniyat paydo bo'lishi bilan birga paydo bo'lgan bo'lib, usiz alohida odam ham kishilik jamiyati ham faoliyat ko'rsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyat bo'lib, u avloddan avlodga o'tib boraveradi. Tarbiya yordamida inson shaxeining manavii jikatlarini qaror toptirish ko'zda tutiladi. Dunyoqarash, e'tiqod, ezgulik, go'zallik, yaxshilik, adolatga qarash va ko'nikmalarning shaxe sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi. 2. ta'lim - ta'lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko'nikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni bo'lib, u kishini shaxe sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi. ta'limning boshlang'ich (dastlabki) vazifasi ta'lim oluvchini o'qitishdan iborat. Shuning bilan birga u oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma'lumot berish vazifasini ham bajaradi. O'qitish tushunchasi insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisini o'zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir. O'qitish natijasida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
119.52 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
119.52 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:44 ]
Arxiv ichida: docx