Pedagogik innovatsiyalar va ularni ta'lim jarayoniga qo'llashda o'qituvchining roli

Pedagogik innovatsiyalar va ularni ta'lim jarayoniga qo'llashda o'qituvchining roli

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik innovatsiyalar va ularni ta'lim jarayoniga qo'llashda o'qituvchining roli - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik innovatsiyalar va ularni ta'lim jarayoniga qo'llashda o'qituvchining roli Yurtboshimiz o'zlarining Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarlarida haqli ravishda takidlaganlaridek Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o'qituvchilik va murabbiyliqdir, desak o'ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Chindanda o'z ertangi kelajagiga befarq bo'lmagan millat, yorug' va farovon kunlarini uning egalari bo'lmish yosh avlod istiqbolida ko'rgan millat ta'lim-tarbiyaga alohida etibor qaratadi. XXI asrga kelib, sanoat va intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy raqobat ilm-fan, texnika, texnologiyalar sohasiga, buning oqibatida esa ta'lim sohasiga ko'chdi. Chunki raqobatga qodir kadrlar tayyorlanmas ekan, raqobatbardosh iqtisodiyot ham bo'lmaydi. Sanoat va intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatlarda mutaxasislarni tayyorlash tajribasi shuni ko'rsatadiki, kasbiy ta'limning asosiy vazifasi intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo'lib, mazkur vazifani bajarishda ta'lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligiga alohida o'rin ajratiladi. Bu mutaxasis butun umri davomida professional, ma'naviy va madaniy jihatdan takomillashuvi uchun nihoyatda zarur bo'lgan doimo o'z bilimini oshirish ko'nikmasini mustahkamlaydi. O'zbekiston Respublikasida kasbiy ta'lim mamlakatda va xorijda ilm-fan, texnika, texnologiyalar va iqtisodiyotini hisobga olgan holda raqobatga qodir mutaxasislarni tezkorlik bilan tayyorlashni ta'minlay oladigan darajada bo'lishi lozim. Buning uchun esa raqobatga qodir mutaxasislarning yangi avlodi o'z oldiga istiqbolni ko'zlagan vazifalar qo'yib, ularni echa olish qobiliyatiga, yuksak tafakkur madaniyatiga hamda ilmiy-texnik va ijtimoiy-siyosiy axborotlardan mustaqil ravishda foydalana olish xususiyatiga ega bo'lishi lozim. Bu darajadagi yuksak ongli, malakali, raqobatbardosh mutaxasislarni tayyorlash ta'lim-tarbiya tizimiga nisbatan o'ziga xos yangicha yondashuvni talab etib, bunda: ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o'zaro mustahkam aloqasi; ta'lim muassasalari turi hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyotning eng so'nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan professional ta'lim dasturlarining xilma-xilligi; ta'lim muassasalarining zamonaviy o'quv-uslubiy adabiyot va moddiy baza bilan ta'minlanganligi; professional ta'lim tizimiga yuksak malakali o'qituvchi va mutaxasislar jalb etilganligi; mutaxasisning intellekti, qobiliyati va insoniy xususiyatlarini o'stirish, o'lchash, baholash muammolari, shuningdek, uning professional idroki muammosi bo'yicha pedagogik-psixologik tadqiqotlar bajarilganligi; o'qituvchilarning moddiy va ijtimoiy muhofazasi yuksak darajada ta'minlanganligi, muammo doirasida muhim ahamiyat kasb etadi. Mutaxasislar tayyorlash tizimining rivojini taminlovchi bu omillar yuqorida biz qayd etgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ning asosiy maqsad va vazifalari misolida atroflicha qamrab olingan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'tarilgan barcha tadbir-amallar kelajak avlodning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan, bu eng avvalo o'qituvchi kasbiga bo'lgan munosabatni tub jihatdan o'zgartirish, pedagog mutaxasislar tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etadi. O'qituvchi - avvalo jamiyatning yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qo'ygan ijtimoiy buyurtmasining asosiy ijrochisidir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A. Karimov o'z nutqida Tarbiyachi - ustoz bo'lishi uchun, boshqalarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifiy ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.31 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 49.31 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga