Pedagogik jamoa o'quv muassasasi boshqarishning obyekti

Pedagogik jamoa o'quv muassasasi boshqarishning obyekti

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik jamoa o'quv muassasasi boshqarishning obyekti - rasmi

Material tavsifi

1 PEDAGOGIK JAMOA O'QUV MUASSASASI BOSHQARISHNING obyektI 2 Ta'limni boshqarishga tizimli yondashuv Tizim haqida tushuncha. Tizim (sistema) uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar birligi bo'lib, uning tuzilishi yaxlitligini ta'minlash bilan birga rivojlanish yo'nalishini hamda maqsadini belgilaydi. Tizim o'z tarkibiy tuzilishidagi o'zgarishlar asosida bir holatdan ikkinchi holatga o'tadi va unda yangi xususiyatlar paydo bo'ladi. Tabiat, jamiyat texnikani o'rganish, tahlil qilishda keyingi vaqtda ilmiy tafakkurning erishgan yutuqlari asosida tizimli yondashish tobora ko'proq rasm bo'lmoqda. Tizimli yondashuvning narsa-hodisalarni moddiy olamning turli tomonlarini o'rganishda oddiy, ya'ni uni alohida, o'z holicha - yakka holda, atrofdagi muhit bilan bog'lanishlarini inobatga olmay o'rganishdan qator ustunligi mavjud. Pedagogik tizimlar uchun umumiy vazifa bilimlarni ijtimoiy tajribani avloddan-avlodga yoki ayni paytda yoshlarga yetkazish. Bilimlar malaka, ko'nikmalar tarzida yosh avlodga axborot tariqasida beriladi. Pedagogik tizimning yana bir muhim xususiyati axborot bo'lib, shu maqsadda pedagogik tizim yaratiladi. 3 Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilish va unga rahbarlik qilishning metodologik asosini I.Karimov asarlari, uning nazariy asoslarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi qabul qiladigan qaror va qonunlar, «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va shu asosda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi o'rta umumiy ta'limni tashkil etish to'g'risida»gi 13 may 1998 yil 203-son va «O'zbekiston Respublikasi akademik litsey va kasb-hunar ta'limini tashkil etish to'g'risida»gi 13 may 1998 yil 204-son qarorlari tashkil etadi. 4 Pedagogik jarayon va uni boshqarish Pedagogik jarayon muayyan tizim hisoblanadi. Shu jarayonni boshqarish, ya'ni ta'lim muassasasi ichki boshqaruvi ham murakkab tizim sifatida ikkita tizim : boshqaruvchi direktor(uning o'rinbosarlari, o'qituvchilar metod birlashma rahbarlari, jamoat tashkilotlari, o'quvchilar jamoasi rahbarlari) va boshqariluvchi(pedagoglar jamoasi, o'quvchilar jamoasi) lardan tashkil topadi va ular doimo mustahkam birlikda va o'zaro aloqadorlikda bo'ladi. Bular o'rtasidagi bog'lanishlarni chuqur tushunish va ular imkoniyatidan foydalanish ularga tizim sifatida qarashni taqozo qiladi. 5 Ta'lim tizimida samaradorlik va tejamkorlik tamoyillaridan foydalanish Boshqarishning nazariy metodologik asoslarini belgilash uning asosida yotuvchi muhim talablarni ham aniqlashni taqozo qiladi. Har qanday jarayon, fan, nazariya ma'lum tamoyilga asoslanadi. Pedagogik tizimni boshqarish ham bundan mustasno bo'la olmaydi. «Prinsip» so'zi lotincha bo'lib, principinm-boshlang'ich, negiz degan ma'noni beradi. Biron-bir nazariya ta'limot, fan, dunyoqarash, g'oya, siyokiy tashkilot, jamiyatning asosini qoidalar, prinsiplar ifodalaydi. Mazkur fan, ta'limot, shu qoidalar asosida ish ko'radi. 6 Bundan tashqari Respublikamizda ta'limga rahbarlik va boshqarishning davlat siyosati prinsiplari ham ilmiy asoslangandir. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 3-moddasi «Ta'lim sohasidagi davlat siyokatning asosiy prinsiplari» deb nomlanib, 9 ta prinsipda o'z ifodasini topgan. Chunonchi «Ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor» deb e'lon qilinadi deyilgan. 7 Respublikamiz siyosiy rivojlanishida belgilovchi-suveren, demokratik, fuqarolik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 500.72 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 500.72 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga