Pedagogik jarayon va mutaxassislik. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari

Pedagogik jarayon va mutaxassislik. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik jarayon va mutaxassislik. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik jarayon va mutaxassislik. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari Reja: 1. g'arb pedagogikasining o'ziga xos xususiyatlari. Individualizm va bixeviorizm ta'limotlari. 2. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari 3. Pedagogik jarayon va o'qituvchining kasbiy shakllanish jarayoni. 1. g'arb pedagogikasining o'ziga xos xususiyatlari. Individualizm va bixeviorizm ta'limotlari. XVII-XIX asrlarda g'arb mamlakatlarida pedagogika, pedagogik ta'limotlar rivojlangan bosqichga ko'tarildi. Aynan bu davrlarda shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlar, odam shaxsining va xulkining ta'lim-tarbiya ta'sirida rivojlanishi xususida yuksak axloqiy-pedagogik qarashlar yuzaga keldi. Ushbu insonparvarlik g'oyalar ta'sirida Fransiya, Shveytsariyada yangi maktablar, AKSh, Germaniya va Avstriyada sara (elita) maktablar paydo bo'ldi, ularda shaxsning ta'lim va tarbiyasi tabiatda erkin rivojlanish, bola va kattalar orasidagi tabiiy munosabatlar bilan boglanadi. Odam shaxsining va xulkining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga boglab o'rganuvchi o k imlardan biri bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarkaldi. Bunga amerikalik pedagog va ruxshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat xam nasldan-naslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoklari kabi aqliy qobiliyat xam tabiatan berilgandir. XIX va XX asr oraligida, AKShda didaktik utilitarizm konsepsiyasi paydo bo'ldi. Bu g'oya amerikalik pedagog Djon Dyunga tegishlidir. Yevropada bunday qarash asosida tanikli nemis pedagogi R. Kershenshteyn fikrlar bayon kilgan. Djon Dyunning aytishicha, alohida olingan o'quv fanlari mazmuni orasidagi aloqalarning manbai ta'lim oluvchilarning individual va ijtimoiy faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat turlari optimal dasturni o'quv fanlarining ketma-ketligi va uzviyligi asosida emas, balki o'quvchining erkinligida, uning tajribalari bilan boglangan xulkining yangi munosabatlari va tiplarini shakllantirish asosida ta'minlaydi. Didaktik utilitarizm amerika maktablarining ta'lim mazmuniga xam o'quv ishlari metodlariga kuchli ta'sir etdi, buning natijasi o'larok, ta'lim oluvchilarga maksimal darajada erkinlik berildi. Jumladan, majburiy va fakultativ fanlar sifatida ajratilgan o'quv fanlarini tanlab o'qitishga ijozat berildi. O' k uv-tarbiya jarayoni o'quvchilarning individual talablari (tanlovlari) ga moslashtirildi. g'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruxshunosi V.Ptern yangi tug'ilgan bola xali inson emas, deb hisoblaydi. U fakat sut emizuvchi hayvondir. Yarim yoshdan oshgandan so'ng u maymunga tenglashadi. Ikki yoshida bola boshlang'ich insonlik holatiga etadi (yuradi, gapiradi). Besh yoshgacha bo'lgan bolalarning ruhiy xususiyatlari ibtidoiy davr odamlari xususiyatlariga mos keladi. O'smirlik yillarida kishi o'zida o'rta asr ongini aks ettiradi va yetuklik yoshidagina mavjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo'ladi, deydi. Yani, inson 17-18 yoshida mavjud jamiyatning yazosi bo'ladi deb hisoblaydi. Avstriyalik ruxshunos K.Byuller xatto bolaning axloqiy jihatdan o'sishini xam irsiyatga boglaydi. Bundan tashqari xam yaratilgan bir kator pedagogik qarashlar, ta'limotlar mohiyatan inson ta'lim-tarbiyasi asosida shaxsni shaqlantirishga qaratilgandir. Demak, g'arb va sharq mamlakatlarida pedagogik qarashlar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.04 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.04 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga