Pedagogik jarayonining samarali va natijali bo'lishini ta'minlaydigan interfaol uslublar Interfaol so'zi nima ? Interfaol - inglizcha so'z bo'lib, interackt ya'ni inter - o'zaro va act - harakat qilmoq ma'nosini bildiradi, ularni umumlashtirganda esa, Interfaol - o'zaro harakat qilmoq ma'nosini anglatadi. Ineraction - hamkorlikni ( boshqalar bilan ) bildiradi. O'zaro harakat turlari: o'qituvchi o'quvchi o'quvchilar o'quvchi o'quvchilar o'quvchilar o'qituvchi 2 1 3 4 5 6 O'qitishning interfaol uslublari. 1. KOGNITIV ( cognito - lotincha so'z bo'lib, bilim, bilish ma'nosini anglatadi ) - eng avvalo, o'quvchilarning tafakkurini shakllantirishga yo'naltirilgan, u yoki bu shaklda jamoa muhokamasini tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan uslubdir. 2. EKSPERIMENTAL o'quvchilarning jonli, shaxsiy tajriba orttirishlariga yo'naltirilgan. 3. ROLLI O'YINLAR, MODELLASHTIRISH hayotiy vaziyatlarni modellashtirish hamda ma'lum rollarni ijro etish orqali ularni sinab ko'rishga yo'naltirilgan ( uslub jamoa tafakkuri, muhokama bilan bog'liq, ammo muhokama rolli o'yin tahlili asosida olib boriladi). 4. FASILITATSIYA ( inglizcha fasilitate - osonlashtirish ) - guruh ishini tashkil etish, ko'pincha aniq, haqiqiy, amaliy topshiriqlar bilan bog'liq, aniq qaror qabul qilish bo'yicha muhokama, faoliyatning haqiqiy rejasini ishlab chiqish, haqiqiy, mojaroli manfaatlarni muvofiqlashtirishga mo'ljallangan. Qabul qilish vositalari ( kanallari ). - qabul qilishning eng muhim filtrlaridan biri- ko'rish, eshitish, his-tuyg'udir. VIZUAL- ko'rish orqali qabul qilinadigan axborot ( obrazlar, rasm, film ). AUDIL- eshitish orqali qabul qilinadigan axborot ( nutq, shamolning hushtagi, tomchilayotgan suv, ohang, tembr, ovoz balandligi ). KINESTETIK ( grekcha kinec - harakat - his qilish orqali qabul qilinadigan axborot( hid, ta'm ). Aqliy hujum. Bevosita jamoa bo'lib fikrlar hujumi ni olib borish. Bu uslubdan maqsad - mumkin qadar katta miqdordagi g'oyalarni yig'ish, o'quvchilarni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo'lgan fikrlarni yengishdir. Breynstorming Bu atama inglizcha so'z bo'lib, ikki tushunchadan iborat: brain- miya, storming- hujum, bo'ron, qattiq hayajon. Uslubning Miyani hayajonga solish deb yuritilishi, uning asl mohiyatini ochib beradi, lekin ba'zida uni Jamoaviy ijodiy fikrlash deb ham tushunsa bo'ladi. Rus tilida uslub Mozgovaya ataka , o'zbek tilida esa Aqliy hujum yoki Fikrlar hujumi deyilishi, uning asl mohiyatini saqlashga yordam beradi. Bu usul 15 kishidan ortiq bo'lmagan guruhlarda o'tkaziladi. Asosiy tamoyil: erkin muloqot- munozara jarayonida berilgan mavzu asosida yangi novatorlik g'oya, fikrlar to'planadi.Aytilgan g'oya, fikrlarning sifatiga emas, ularning qanchalikko'pligiga e'tibor qaratiladi. Aytilgan g'oya, fikrlar muhokama hamtanqid ham qilinmaydi. Munozara erkin va o'zaro samimiy munosabat holatida o'tkaziladi.To'plangan g'oya, fikrlar asosida mavzu bo'yicha ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
72.76 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:44
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
72.76 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:44 ]
Arxiv ichida: pptx