Pedagogik jarayonlarni loyihalash

Pedagogik jarayonlarni loyihalash

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik jarayonlarni loyihalash - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik jarayonlarni loyihalash Zamonaviy pedagogik usullardan foydalanish orqali yangi mavzuni mustahkamlash innovatsion texnologiya- ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo'llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta'lim jarayonida o'qituvchi va bilim oluvchi faoliytiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg'ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo'llanilganda mustaqil ishlash ko'nikma va malakasi rivojlanadi. Ma'lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo'lib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan o'tib, yaxshi natija bergan. Ta'lim texnologiyalarini o'quv jarayoniga tadbiq etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: -darsni o'qitish jarayonida har bir o'quvchining bilimlarni o'zlashtirishda erkin muloqatga kirishishini rivojlantirish; - ta'lim jarayonida asosiy e'tiborni bilim oluvchining faolligini oshirishga va dars jarayonida ham faollikni oshiruvchi metod va zamonaviy ta'lim vositalaridan foydalanish. Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. I.A.Karimov Pedagogik texnologiya asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muoammolarga o'z munosabatlarini bildirishga intilishlarini tarbiyalab, ularni fikrlashga, o'z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi. Interfaol darslarda o'qituvchi o'quvchilarning faoliyatini dars maqsadiga yo'naltiradi. Bu usullarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'quvchining dars davomida befarq bo'lmasligi, mustaqil fikrlashi, ijod va izlanishga jalb etilishi, ta'lim jarayonida fanga bo'lgan qiziqishlari doimiyligi ta'minlanishi, o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatining doimiy ravishda tashkil etilishini ta'minlaydi Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizini o'qituvchi va o'quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishi tashkil etiladi. Har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor. O'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo'lib, u o'quvchining ehtiyoji, qiziqishidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan bo'ladi O'qituvchi darsga tayyorgarlik ko'rish mobaynida o'quv vositalarini dars mavzusiga qarab tanlaydi va asosiy e'tiborni qo'llaniladigan metodlar va o'quv vositalariga qaratadi. O'qituvchi har bir mavzuga mos yangi usullar va texnik vositalardan o'z o'rnida va unumli foydalana olsa, shundagina ko'zlagan maqsadga erisha oladi. Bu esa o'quvchilarni mustaqil bilim olishga, berilgan aniq mavzu bo'yicha atroflicha fikrlashga va ijodiy faol bo'lishga yo'naltiradi. Hozirgi kunda keng qo'llaniladigan usullar -Klaster,Aqliy hujum,Debat, Muammoli vaziyat kabilardan foydalanib, o'qituvchilar darsda samarali natijalarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.3 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.3 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga