Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta'lim tizimidagi islohotlar fanidan Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi mavzusida qilgan TAQDIMOTI MAVZU: PEDAGOGIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TIZIMI Reja 1.O'zbekiston Respublikasi ''Kadrlar tayyorlash milliy dasturi'' va uning mazmuni 2. ''Kadrlar tayyorlash milliy modeli'' ning tarkibiy qisimlari. 3.Pedagoglik kasbi uning paydo bo'lishi va ravnaqi. 4.Sharq va G'arb mutafakkirlarining pedagoglik kasbi haqidagi fikirlari. 5.O'qituvchining asosiy vazifalari va unga qo'yiladigan talablar. 6.Pedagogik mahoratni egallash yo'llari. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir 1-bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish. 2-bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to'liq ro'yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta'lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to'ldirish ta'minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi. 3-bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Milliy dasturning amalga oshirish bosqichlari Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. Shaxs- kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Shaxs uzluksiz ta'lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o'zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o'zida ijtimoiy ta'sirlar yordamida ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o'zlashtirilgan bilim, faoliyat ko'nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo'lish uchun shaxs o'z oldiga muayyan maqsadni qo'ya olishi hamda unga erishish yo'lida tinimsiz izlanishi, o'qib-o'rganishi lozim. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir: Davlat va jamiyat Davlat va jamiyat ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: pptx