Pedagogik kadrlarning kasbiy kо'nikmalari Reja 1.О'qituvchi kasb foliyatining ilmiy asoslari. 2.Kasbiy kо'nikmalarni shakllantirish omillari. 3.Ta'lim jarayonini tashkil etish usullari. Pedagogik jarayon bevosita pedagog tomonidan tashkil etiladi. Pedagogik jarayon qayerda va qanday pedagog tomonidan tashkil etilmasin, u baribir bitta tuzilishga ega bо'ladi: ya'ni maqsad-tamoyillar mazmuni-metodlari-vosita-shakli. Maqsad - pedagog va о'quvchi intilayotgan birgalikdagi pedagogik harakatlarning yakuniy natijalarini aks ettiradi. Tamoyillar-maqsadga erishishning asosiy yо'nalishlarini aniqlash uchun mо'ljallangan. Mazmuni - bu tanlangan yо'nalish bо'yicha qо'yilgan maqsadlariga erishishi uchun о'quvchilarga beriladigan ajdodlar tajribasining bir qismidir. Ta'lim mazmuni - maxsus tanlab olingan va jamiyat tomonidan (davlat tomonidan) tan olingan ma'lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun о'zlashtirilishi zarur bо'lgan insoniyatning obyektiv tajribasi elementlarining tizimidir. Ta'lim mazmuni - о'quv muassasasi erishishga intiladigan yakuniy natijadir, bilimlar, mahorati, kо'nikmalari, shaxsiy sifatlari kategoriyalarida ifoda etiladigan о'sha darajasi va о'sha yutuqlaridir. Metodika - bu mazmuni yetkaziladigan va qabul qilinadigan pedagog va о'quvchining harakat vositalari, mazmuni bilan moddiylashtirilgan predmetli «ish» usuli sifatida metod bilan birgalikda foydalaniladi. Pedagogik jarayonni tashkil etish shakli unga mantiqiy yakunlanganlik, tugallanganlikni beradi. Pedagogik jarayonning dinamikligiga uning uch tarkibi о'zaro bog'liqligi natijasida erishiladi: pedagogik, metodik va psixologik. Pedagogik tuzilishning asosiy jarayonlarini tashkil etish masalalarini hal etib ta'lim va tarbiya, uning maqsadlarini, shaklini, mazmunini va shu kabilarni aniqlashni ta'minlaydi. Metodik tuzilishini yaratish uchun maqsad bir qator masalalarga bо'linadi, unga binoan pedagog va о'quvchilarning faoliyat bosqichi ketma-ketligi tartibi aniqlanadi. Masalan, metodik tuzilishiga tayyorlanuvchi yо'l-yо'riq kо'rsatishi, kuzatish joyiga harakatlanish, obyektni kuzatishni, kо'rganlarini qayd etishni о'z ichiga oladi. Pedagogik jarayonlarning pedagogik va metodik tuzilishlari uzviy ravishda bir-biri bilan bog'liqdir. Bu ikki tuzilishdan tashqari pedagogik jarayon yanada murakkab bо'lgan - psixologik tuzilishni ham о'z ichiga oladi. Psixologik tuzilish esa quyidagi komponentlarni qamrab oladi: idrok etish, fikrlash, anglash, eslash, ma'lumotlarni о'zlashtirish jarayonlarini; о'quvchilarning qiziqishlari, ishtiyoqlari, о'qish sabablari, hissiy kayfiyatlari dinamikasini; jismoniy va nerv - psixik keskinlikni kuchaytirish va pasaytirish, faollik dinamikasi, ishchanlik qobiliyati va toliqishini; Shunday qilib, darsning psixologik tuzilishi uchta tarkibiy qismdan iborat: idrok etish jarayonlari; bilim olish sabablari; keskinlik. О'qitish metodlari pedagogik jarayon tuzilishida о'zining alohida о'rniga ega. Ularni о'quv materiallarini ishlab chiqish yordamida ma'lum maqsadga erishishga qaratilgan о'qituvchi va о'quvchilarning о'zaro aloqalari usullarini navbatma - navbat almashinishi tushiniladi. «Metod» sо'zi (grekcha - biror narsaga yо'l) - maqsadga erishish usuli, bilim olish usulidir. О'qitish shakli - bu о'qituvchi va о'quvchilarning bilim olish davomidagi uyushtirilgan о'zaro aloqalaridir. Adabiyotlarda quyidagi о'qitish shakllari kо'rsatiladi: frontal, individual, guruhli, sinfda - dars paytida, kechki (hamda shunday shakllari ham mavjudki dars, ekskursiya, seminar, ma'ruza, amaliy mashg'ulot, ishlab chiqarish amaliyoti, imtihonlar, maslahat). ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.72 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.72 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: doc