Pedagogik korreksiya fanining predmeti, mavzusi, bahsi Reja: Pedagogik korreksiya fanining maqsad va vazifalari. Anomal bolani korreksiyalashning ahamiyati. Nuqsonli bolalarni pedagogik jihatdan tekshirish qoidalari va usullari. Anomal bolalarda uchraydigan nuqsonlarning turlari va ularni korreksiyalash. Kelajak avlod haqida qaygurish, sog'lom, barkamol naslni tarbiyalab еtishtirishga intilish, bizning milliy xususiyatimizdir. I.A.Karnmov. Ommaviy maktab oldida ta'lim va tarbiya jarayonida har bir bolaning har tomonlama barkamol o'sishini ta'minlashdek muhim va mas'uliyatli vazifa turadi. Maktabning pedagoglar jamoasi bu murakkab vazifani bajara borib ba'zan ayrim bolalarning o'qishida qiyinchiliklari borligini ko'radi, bu qiyinchiliklar bolalarning kamol topib borishdagi kamchiliklari oqibatida tug'iladi, bunday kamchiliklar maktabda shu bolalarning o'zlashtirmasliklariga olib keladi. Bolalarning kamol topib borishidagi kamchiliklar yoki anomaliya, g'oyat xilma-xildir. Ular bolalarning psixofizik kamol topib borishining turli tomonlarida namoyon bo'lib borishi: eshitish - nutq sistemasida, ko'rib idrok etishda, intellektual, emotsional - irodaviy harakatlanish sohasiga taalluqli bo'lish, turli darajada va turli sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin. Korreksiya so'zi tuzatish ma'nosini bildiradi. Kamol topib borishda ma'lum bir nuqsonlari bo'lgan bolalarning kamol topish qonuniyatlarini hamda ularning xatti-harakatlari va faoliyatidagi o'ziga xos xususiyatlarini anglab olish, ularning kamchiliklarini va qiyinchiliklarni tuzatishning samarali usullarini, yo'llarini topish bilan shug'ullanadigan fan pedagogik korreksiya fani hisoblanadi. Bu fan kamol topishda kamchiligi bor bolalar kamchiligining tabiatini va xususiyatlarini anglab olish, o'z vaqtida bilish, malakali davolash, pedagogik ta'sir ko'rsatish, muayyan ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini beradi hamla bu bolalarni kamol topishini ta'minlaydi. Ularni maktabga borganda oladigan bilimlarini o'zlashtirib olishga, so'ngra esa jamitimizning foydali a'zolari bo'lib еtishishlarida yordam beradi. Pedagog-psixolog bolalarning kamo1 tpib borishidagi nuqsonlarni korreksiyalash va o'rnini (kompensatsiyalash) mukarakkab vazifani amalga oshirish uchun u bunday nuqsonli bolalarni pedagogik jihatidan tekshirish qoidalari va usullarini ma'lum darajada bilib olish zarur. Bolani kompleks ravishda o'rganish uning pedagogik tekshirishdan tashqari tibbiyot yo'li bilan tekshirish bolaning kamol topayotganligining qanday borayotganligi, kasallikning paydo bo'lishi tarixi va xarakteri, bolaning jismoniy jihatdan o'sish darajasi, sog'ligining holati, asab sistemasining, ko'zi va qulog'ining xususiyatlari, intellektning emotsional irodaviy sifatlari, psixik faoliyatining xarakteri to'g'risidagi ma'lumotlar, logopedik tekshirishlar, ota-onasi, yaqin qarindoshlarining sog'ligi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bola kamol topishida yuqorida ko'rsatilgan ma'lum kamchiliklari bo'lgan bolalarni yordamchi maktablarda o'qitiladi. Maxsus bolalar muassasasini to'g'ri komplektlash, unda ta'lim tarbiya va korreksiya ishini amalga oshirish uchun g'oyat katta ahamiyatga egadir. Bolalarning har bir maxsus muassasasi oldida turgan vazifalarga muvofiq suratda komplektlash o'tkazilgan taqdirdagina bunday muassasada o'quv-pedagogika ishining mundarijasini to'g'ri belgilash mumkin bo'ladi va har bir bola uchun undagi mavjud nuqsonlarni korreksiyalash va kompensatsiyalashga zarur bo'lgan tarbiyaviy va ta'limiy sharoit tug'dirish lozim. Maxsus maktablarda va maktabgacha tabiya muassasalarida korreksiya - tarbiya ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.55 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.55 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: doc