Pedagogik mahorat asoslari. Pedagogik mahoratning nazariy asoslari hamda uning pedagog faoliyatida tutgan o'rni va ahamiyati Reja: Pedagogik texnika Pedagogik odob-axloq va talaba xulk - madaniyatini shakllantirishning asosiy omillari Pedagogik nazokat Pedagog mahoratini tashkil etishning zaruriy shart-sharoitlari Pedagog faoliyatida pedagogik tajriba to'plash. Pedagogning tarbiyachilik mahorati. Pedagogik qobiliyat Pedagogik mahorat kursi doirasida ukitiladigan ma'ruzalar talabalarni pedagogik faoliyat, uning mazmuni, o'qituvchi odobi va ularga Davlat ta'lim standartlari va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari doirasida hukumat tomonidan kuyilayotgan talablar, me'yorlar pedagogik faoliyatni tashkil etish yo'llari, uslublari xususidagi dolzarb muammolar bilan tanishtiradi. Shu bilan birga bo'lajak pedagoglarga o'qituvchilik faoliyatini mahoratini tashkil etish, talabalar bilan olib boriladigan munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari, unda axloqiy, ma'naviy sifatlarning shakllanishi borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni beradi. Pedagogik mahorat» kursini o'qitish jarayonida talabalar bilan olib boriladigan amaliy mashg'ulot va seminar - trening darslarida ular tomonidan uzlashtirilgan nazariy bilimlarga muvofik turli pedagogik topshiriqlar, o'yinlar, muammoli vaziyatlarni xal qilish texnologiyalari ishlab chikiladi. Shu sababdan xam amaliy mashg'ulotlarda nutq madaniyati asoslari, pedagogik usul va vositalar yordamida shaxsga yondoshish variantlari, pedagog va talabalar o'rtasida o'zaro samarali muloqot va aloqani yulga kuyishga doir mashqlarni o'tkazishga alohida etibor beriladi. Pedagogik mahorat fanini rivojlanishida bir qator xorij va O'zbekistonlik pedagog olimlar va tadqiqotchilar o'z xissalarini qo'shib kelmoqdalar. Jumladan, Rossiyalik pedagog - olimlar N.V.Bordovskaya, V.A.Slastenin, A.A. Radugina, Ye.N.Shiyanov kabilar bo'lsa, O'zbekistonlik olimlardan S.Rajabov, R.Mavlonova, R.Xasanov, U.Nishonboev, P.M.Quronov, U.Maxkamov, M.Mahmudov, O.Roziqov, S.Og'aev, O'.Tolipov, N.Saidaxmedov, N.Azizxo'jaeva, J.Yo'ldoshev, G.A. Sultonova N.aybullaev, N.Xo'jaev, M.Xakimova, M. Xoshimovalarni takidlab o'tish mumkin. Pedagoglik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Xar bir pedagogning muhim hayotiy o'rni o'z ishining ustasi bo'lishdir. Master (usta) juda ilg'or, bilimdon, yoki o'z ishini moxirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. pedagog mahorati uning faoliyatida kurinadi. Pedagog avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu manoda pedagogning umumlashgan malakalari. uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi. mahorat-bu alohida kudrat. yuqori va kichik darajada usta bo'lish mumkin emas. mahoratga erishish xam, erishmaslik xam mumkin. haqiqiy usta mehnat faoliyati chogidagina go'zaldir. Pedagogik mahoratga etishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavkeini ifodalaydi. Pedagogik mahorat bir kategoriya sifatida uzining ilmiy asoslariga ega. Pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi individuallikning yorkin ko'rinishi sifatida tushuniladi. Pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazaridan kishining individualligini xarakterlaydi. hozirgi tadqiqotlarda pedagogik mahoratning o'ziga xosligi quyidagi kategoriyalarda jamlanadi: Pedagogik mahorat; Pedagogik ijod; Novatorlik; Kasbiy bilimdonlik; Faoliyat uslubi; Innovatsion faoliyat; Pedagogik texnologiya; mahorat. O'quv ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.43 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.43 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: doc