Pedagogik mahorat asoslari Reja: 1. Jamiyatda o'qituvchi faoliyatining o'rni va zaruriyati. 2. Pedagogik mahoratning zaruriyati va mohiyati. 3. o'qituvchi shaxsiga nisbatan kasbiy va insoniy talablar. 4. Pedagog mahoratini shakllantiruvchi omillar. Inson paydo bo'libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo'lgan vaqtdan beri pedagoglik faoliyati uzluksiz davom etib kelmokda. o'qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o'ta mas'uliyatli qiyin va murakkab kasb hisoblangan. mustaqil O'zbekistonimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilinishi, yangi ta'lim standartlari asosida ta'lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o'qituvchi faoliyatiga? uning pedagogik mahoratiga alohida e'tibor berilmokda. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmokdamiz. Mening fikrimcha, ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda. o'qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab kilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich muvaffakiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o'qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog'liqdir. Shunday ekan, sog'lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liqdir. o'qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirigini bajaradi, shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o'qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o'qituvchi mustaqillik g'oyasiga e'tiqodi, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma'lumoti, ya'ni o'z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo'lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda sezishi, o'rganishi va baholay olishi. Pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng makbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lgan sog'lom avlodni tarbiyalash nozik, nixoyatda katta diqqat-e'tiborni talab kiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o'qituvchi, o'quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo'r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayonni boshqarar ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogik mahoratni egallay oladi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lgan o'qituvchi avval, Pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi darkor. Ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko'pchiligi ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini chuqur anglamokdalar. Shu sababli ular o'z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga, hozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalarni o'zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga intilmokdalar. Ammo shuni ham e'tirof etishimiz kerakki, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.74 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.74 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: doc