Pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari Reja: Pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari O'qituvchilik kasbining shakllanishi Nutq malakasi va texnikasini mukammal o'zlashtirish. Tushunarli, ta'sircnan fikr va his-tuyg'ularni so'zda aniq ifodalash. Mimik va pantomimik harakatlardan o'z o'rnida foydalanish. Ma'noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash. Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o'z his-tuyg'ularini jilovlay olish. Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo'lgani jodiy kayfiyatni boshqarish. Kulgi va tabassunida samimiylikni e'tirof etish. O'quvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag'batlantiruvchi munosabatda bo'lish. Savodli va sof adabiy tilda so'zlash. Aniq imo-ishoralarni o'z o'rnida ishlata olish. Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo'llay bilish. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalana olish. Muosharat odobiga doimo rioya qilish. bo'lmish yosh avlodga chuqur bilim berish o'qituvchilardan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi. O'qituvchilik kasbining shakllanishi davomida uning pedagogik mahorati takomillashib boradi. U har xil psixologik xususiyatlarga ega bo'lgan o'quvchilar bilan ta'lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi. Turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o'z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib, mohirona qo'llashga majbur etadi. Tarbiya natijasida belgilangan maqsadga erishish uchun o'qituvchildar yillar davomida yig'ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydilar. O'quvchilarning nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy natijalari o'qituvchi pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. O'qituvchi pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Quyida keltirilayotgan pedagogik mahorat fanining asosiy tarkibiy qismlari milliy an'ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib hozirgi global rivojlanish davrida yanada to'ldirilib borilishi mumkin. Pedagogik mahoratni egallash vositalari O'qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma'naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarni namoyon eta olishi, yetuk o'qituchi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur. Pedagogik mahorat-yuksak pedagogik tafakkur, ta'lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o'tmish qadriyatlari, O'rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylami tayyorlash to'g'risidagi ma'lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'lish, ilg'or xorijiy davlatlarning o'qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o'qituvchilarning, shuningdek, ta'lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo'lgan o'qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo'lishlari o'zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo'lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quydagi vositalar asosida yanada rivojlantirish mumkin: 1. Mustaqil o'qib-o'rganish (pedagogika fanida ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar haqida ma'lumotlar beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal tizimi, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma'lumotlar, shuningdek, ilg'or texnologiyalar bilan tanishib borish, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.06 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.06 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: doc