Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatida tutgan o'rni va ahamiyati R e j a : O'qituvchilik kasbining ijtimoiy-tarixiy rivoji va mazko'r kasbning jamiyatda tutgan o'rni. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari. Pedagoglik - o'qituvchilik kasbining paydo bo'lishi insoniyat tarixining eng kadim zamonlariga borib takaladi. O'qituvchilik kasbi bilan tarbiyachilik faoliyati bir vaqtda vujudga kelgan deb faraz kilamiz. Kishilar tuplagan turmush tajribasini yoshlarga o'rgatish, ularni hayotga, mehnat faoliyatiga tayyorlash ehtiyoji natijasida kadim zamonlardayok ta'lim va tarbiya mustaqil ijtimoiy faoliyat sifatida paydo buldi. Ibtidoiy to'zum davrida tarbiya mehnat jarayonida vujudga kelgan, jamoada amalga oshirilgan, yoshlarga mehnat ko'nikmalari, jamoaning urf - odatlari, marosimlarini bajarish o'rgatilgan. Asta - sekinlik bilan tarbiya ijtimoiy vazifa sifatida ajralib chikkan, ya'ni keksa yoshdagi kishilar bolalarni tarbiyalash ishi bilan shug'ullangan. Bolalarning tanasini chiniktirish, chidamlilikka o'rgatish, harbiy - jismoniy mashqlarni bajartirishga ko'proq e'tibor berilgan. Ko'p oilalar o'z bolalarini bilimli, ogir tabiatli, maxsus kishilarga berib o'qitganlar. Yoshlarga ta'lim - tarbiya beruvchi bunday kishilarni pedagog, professor deb, bolalarni tuplab o'qitiladigan joyni - maktab, gimnaziya, akademiya, universitet deb ataganlar. Turli xalqlar - ( bizning ota - bobolarimiz ) kadim zamonlardan beri O'rta osiyoda - Turon zaminida yashab keladilar. hududlardan topilgan yodgorliklar shundan dalolat beradiki, eramizdan oldingi ming yillikda ham katta - katta ko'rgonlar, shaharlar, davlatlar mavjud bo'lgan. Ularda madaniyat elementlari, din, yozuv, maktablar vujudga kelgan. Demak, turkiy xalqlar kadim zamonlardayok o'z yozuviga ega bo'lgan. Arablar istilosidan sung arab alifbosi kabul qilingan. 1929 yilda lotin, 1939 yilda rus alifbosiga utildi. 1993 yilda O'zbekiston Respublikasi lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosiga utish haqida qaror chikardi. qadimgi Turon zaminida yashagan odamlar dunyoviy ilmlardan astronomiya, geometriya, arifmetika, tibbiyot kabi fanlarni saroy, ibodatxonalar xo'zurida ochilgan maktablarda yoshlarni diniy va dunyoviy ilmlar bilan ko'rollantirganlar. Kozi, mirzalar, xakamlar kabi davlat xizmatchilari tayyorlaydigan maktablar ham bo'lgan. qadimgi sharq mamlakatlarida maktablarda qattiq intizom urnatilgan, jismoniy jazoga yul qo'yilgan. Ko'pchilik hunarmand, kosib, dehqon, chorvadorning bolalari oilada, turmush, mehnat jarayonida tarbiya olganlar, kasb - hunar o'rganganlar. ( M.Ochilov. «Muallim qalb me'mori», Toshkent, «O'qituvchi», 2001 yil ). Yer yo'zidagi barcha xalqlar katori turkiy kavmlar ham kadim zamonlardayok, hayotiy ehtiyoj takozosi bilan o'z bolalarini sog'lom, baquvvat, mehnatsevar, katta - kichiklarni izzat - xurmat kiladigan kishilar bo'lib ulgayishlarini orzu qilganlar. Tarbiya sohasida tuplagan tajribalarini, orzu - istaklarini umumlashtirib, makol, topishmok, ertak, rivoyat, hikoyat, doston, urf - odat, marosimlar, bayramlar, an'ana shaklida ifodalab, yoshlarga, oila a'zolariga va bashqalarga o'rgatganlar. Demak, koldirilgan bu pand - nasihatlarning ijodkori ham, asrlar davomida yoshlarni kamolot sari yetaklab kelgan o'qituvchi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.39 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.39 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: doc