Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni va ahamiyati Reja: 1. Pedagogak mahorat haqida tushuncha 2. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari. 3. O'qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o'rni O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatiing yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o'qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishini, ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya sohasidagi adabiyotlarda «Pedagogik mahorat» tushunchasiga doir turlicha izohlarga duch kelamiz. Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to'laroq, aniqroq ta'rifi «Pedagogak endiklopediya»da berilgan deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to'g'ri yoritadi: Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo'ygan va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchinng qiladigan ishidir. O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog - bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tsgishli sohalarini yaxshi tahlil eta olaadigan, tarbiyalash va o'qitish uglubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir. Bu ta'rifni yaxshi tushunib, uning ma'no mohiyatini tahlil etadigan bo'lsak, ushbu ta'rifda Pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo'ladi: 1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi; 2. O'zi o'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim; 3. Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik-psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ulardan o'qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish; 4. O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik. Pedagogik mahoratning mazmunida quyidagi o'zaro bog'liq bo'lgan asosiy qismlarini ajratish mumkin: 1. Pedagogik insonparvarlik yo'nalishi; 2. Mutaxassislikka doir bilimlar; 3. Pedagogak qobiliyat; 4. Pedagogik texnika (ko'nikma-iqtidor) O'qituvchilik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uiing ijtimoiy ahamiyati hech qachon kamaymaydi, so'nmaydi. O'qituvchilik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi kerak. Hozirgi davrda, biz mustaqil O'zbekistonda qurayotgan demokratik huquqiy davlatda faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchi qanday bo'lishi kerak? Hozirgi zamon o'qituvchisining shaxsi uchun eng muhim asos - bu insopparvarlik yo'ialishidir. O'qituvchi juda yuksak darajada umumiy madaniyatga ega odam. U juda ko'p narsani bilishi kerak, hozirgi zamonda o'zi o'qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishi, o'z o'quvchilarini har kuni o'qishga o'rgatib borish uchun o'zi muntazam o'qib o'rganishi, o'z bilimini to'ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak. Demak, o'qituvchi pedagogik mahoratining asosi o'z ustida ishlab borish - mustaqil o'qishdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta'lim-tarbiya ishlarining qay yo'sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo'lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.53 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: doc