Pedagogik mahorat mohiyati va tarkibiy qismlari. O'qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o'zigina etarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o'qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g'oyalar bayon etiladi, o'qituvchining yosh individual xususiyatlarini etiborga olish takidlanadi. Maktab hayoti kichik pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o'qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi. Shuning uchun hozirgi kun o'qituvchisi: pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol; O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga isxonadigan, vatanparvarlik burchini to'g'ri anglagan, e'tiqodli fuqaro; ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek nazariy ilmlarni mO'qammal egallagan; o'qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko'radigan, har bir o'quvchi ulg'ayib, yaxshi odam bo'lishiga chin ko'ngildan isxonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko'maklashadigan; erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo'lmog'i darkor. Pedagogik mahorat Davlatimiz xalq ta'limi sohasida o'rtaga qo'yayogan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan o'qituvchiga bog'liq. Hozirgi kunda ta'lim - tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, mehnatsevar, erkin fikrli, ongli barkamol inson qilib o'stirish o'qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Bu maqsad quyidagi vazifalarni yechish orqali hal etiladi: -pedagogik mahoratning nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish: -pedagogik mahoratning pedagogik texnika, pedagogik muloqot, pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat kabi tarkibiy qismlari haqidagi malakalarni yechish: -pedagogik mahoratni mustaqil shakllantirish ko'nikmalarini hosil qilish: -egallangan pedagogik-psixologik bilimlar asosida shaxsiy pedagogik mahoratni yaratish malakalarini hosil qilish: -o'z kasbiy mahoratini takomillashtirish uchun shaxsiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalari bilan o'qituvchi-tarbiyachi, talabalarni tanishtirish. Pedagogik mahorat : mohiyati va mazmuni ta'limning muvaffaqiyatli bo'lishi, oqibat natijada darslik yoki metodga emas , balki o'qituvchiga bog'liq. Mehnat, bilish, mahorat, ijod. Inson hayotining bosh mezoni. Bu mezon faoliyat orqali amalga oshiriladi - mehnat qilish, izlanish jarayonida, yani faoliyat jarayonida yutuqlar qo'lga kiritiladi, mahoratga erishiladi. Kasbiy mahorat sirlarini o'rganishga harakat qiluvchi har bir murabbiy avvalo egallashi lozim bo'lgan pedagogik bilim ma'lumotlarga ega bo'lishga intilishi, qilayotgan ishning barcha qirralarini tasavvur qilishga harakat qilishi, ish natijalarini baholashi, yo'l qo'ygan xato - kamchiliklarni mohiyatini tushunib borishga harakat qilishi lozim. Bu holatlar albatta, faoliyat orqali amalga oshiriladi. Natijada o'quvchilarga bilim beriladi, ularning shaxsiy sifatlari tarbiyalanadi, psixologik xususiyatlari rivojlantiriladi, natijada o'quvchi shaxs sifatida kamol topib boradi. Pedagogik faoliyat . Pedagogik faoliyat aniq ko'rinishda bo'lsa unda o'qituvchi o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish vazifalarini aniq ko'ra oladi va ularni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
993.03 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
993.03 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: pptx