Pedagogik mahorat tizimi va uni takomillashtirish yo'llari RYeJA: 1. Pedagogik mahorat tizimi va uning pedagogik metodlar bilan takomillashuvi. 2. ta'lim va tarbiya jarayonining umumiy qonuniyatlari. Muvofiqlashtirish va takomillashtirish o'quv-tarbiya jarayonida. 3. Pedagogik metodlar va ularning mahorati. PYeDAGOGIK MAHORAT TIZIMI VA UNI TAKOMILLAShTIRISh Yo'LLARI. Tarbiyaviy jarayon ijodkorlikdan iboratdir, lekin u pedagogik vaziyatni tahlil qilish mahoratida ham, bolalar bilan bevosita o'zaro hamkorlik qilishda ham namoyon bo'ladi. Tarbiyachi ijodkorligining o'ziga xosligi shundan iboratki, u ijodiy fikrini o'z shaxsi orqali amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogikada ijodkorning shaxsi bilan ijodkorlik quroli (vositasi) bir-biriga mos keladi bunda tarbiyachining o'z-o'zini namoyon qilishi juda katta rol o'ynaydi. Bu jihatdan o'qituvchi ning faoliyati bir qator xususiyatlari bo'yicha aktyor, rejissyorning badiiy-ijodiy faoliyatiga yaqindir. Shaxs kamolotini ta'minlash, uning intellektual, ma'naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi. Ular quyidagilardir: 1. Umumiy pedagogika -ta'lim va tarbiya jarayonining umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, amalga oshirish shakl, metod, vositalarini o'rganadi. 2. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi - maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi. 3. Korreksion (maxsus) pedagogika - rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo'lgan bolalarni tarbiyalash va o'qitish bilan bog'liq muammolarni o'rganadi. O'z navbatida korreksion pedagogika uch qismnga bo'linadi: surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika. 4. Metodika - xususiy fanlarni o'qitish xususiyatlarini o'rganadi. 5. Pedagogika tarixi - ta'lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o'rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o'rganadi. 6. Pedagogik texnologiya - ta'lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta'lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o'rganadi. 7. Pedagogik mahorat - bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o'rganadi. 8. Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g'oyalarning tutgan o'rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo'naltirish muammolarini o'rganadi. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta'minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiharish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma'naviyatiga ziyon etkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. ta'lim va tarbiya jarayonining umumiy qonuniyatlari. Muvofiqlashtirish va takomillashtirish o'quv-tarbiya jarayonida Umumiy pedagogika tizimga mansub bo'lgan doimiy umumiy innovatsiya, uning o'quv-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish-ko'p sonli imkoniyatlardan eng qulayini to'plab olish jarayonidir. Shunday murakkab, entamik, ko'p qirrali, nearxik, pedagogika tizimida ishlash mumkin. Muqobillar, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
576.5 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
576.5 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: ppt