Pedagogik mahorat va nutq madaniyati

Pedagogik mahorat va nutq madaniyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik mahorat va nutq madaniyati - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik Mahorat Va Nutq Madaniyati O'quv qayda bo'lsa, ulug'lik bo'lar. Bilim qayda bo'lsa, buyuklik bo'lar. Yusuf Xos Hojib Pedagogik mahorat - bu o'qituvchi-tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrixoxligi, insonparvarligi, mexribonligi va x.k,) va kasbiy, (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va x.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o'z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarligida, o'quvchi-yoshlarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo'llarini izlab, topib amaliy faolliyatida ko'llashida namoyon bo'ladi. mahorat, faoliyat jarayonida shakllanadi va takomillashadi. U ishbilarmonlik, zukkolik, layoqat va zexn vositasida rivojlanib boradi. Bu xususiyatlarning barchasi faoliyat jarayonida tarkib topib boradi. pedagogik faoliyat - bu o'qituvchining o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish, vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta'sir ko'rsatish vositalari bilan amalga oshiriladigan kasbiy faolligidir. O'qituvchining pedagogik mahoratini shakllantirish va takomillashtirish masalasi pedagogika, psixologiya, metodika, fanlari mazmunida malum darajada o'z yechimini topa olgan, xususan Yu.P.Azarov, T.I. Gonobolin, N.V.Kuzmina, A.N.Щerbakov, V.A.Sebastenin, N.V.Aleksandrov, S.A.Abdulina, D.N.Nikolaenko, A.V.Petrovskiy, V.A.Zamaxshariy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, V.A.Krutetskiy, M.G.Davletshin, N.V.Kuxarev, M.Ochilov, K.Z.Zaripov, V.A.Rozov, A.P.Spirin, J.G.Yuldoshev, E.Goziev va boshqa olimlarimiz o'qituvchi pedagogik mahoratini shakllantirish va takomillashtirishning malum kirralarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berganlar. Respublikamizning «Davlat tili haqida» gi, «ta'lim to'g'risida» gi qonunlari, Kadrlar tayyorlash bo'yicha Milliy Dastur va boshqa juda ko'plab hujjatlarda ma'naviy - ma'rifiy tarbiya, til masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Jamiyatimizning har bir azosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam kadr, eng avvalo, o'z ona tilisining sobit sohibi bo'lmog'i lozim. Prezidentimiz I.Karimov ham o'z nutqlarida shunday takidlaganlar: «O'z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go'zal va lo'nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalombor, rahbar kursisida o'tirganlarni bugun tushuning ham, oqlash ham qiyin». Boshqa fanlar bilan aloqasi: pedagogika, kasbiy pedagogika, psixologiya, tilshunoslik, uslubiyat, notiqlik san'ati, matnshunoslik, ruhshunoslik, falsafa hamda adabiyotshunoslik O'qituvchining asosiy quroli «ketmoni» uning tili, nutqi ekan, bu qurol samarali ishlamog'i uchun u o'tkir bo'lishi kerak. Nutqning madaniyligini tamin etadigan to'g'rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik kabi bir qancha sifatlar mavjud. XV asrda Xirotda yashagan atoqli alloma Husayn Voiz Koshfiy ham nutq haqida qimmatli fikrlar bildirgan: «Bilginki, odamzotning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya qilmagan odam bu sharafdan bebahradir. So'z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi, to'g'ri va haqqoniy bo'lishi kerak. Agar shunday bo'lmasa, jim turgan maqul», - deydi va suhbat qoidalarini ikkiga ajratadi. Yoshi ulug'larning suhbat odobi qoidalari oltita: 1. Har kimning ahvoliga qarab munosib so'z aytsin; 2. Dag'allik qilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin; 3. Gapirayotganda tabassum qilib, ochilib gapirsin; 4. Ovozini baland ko'tarmasin, eshituvchilarga malol keltirmaydigan qilib gapirsin; 5. Odamlarga nafi tegadigan manoli gaplarni gapirsin; 6. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 47.23 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 47.23 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga