Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyaning muhim elementi

Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyaning muhim elementi

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyaning muhim elementi - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik mahorat va Pedagogik texnologiyaning muhim elementi Reja: Pedagogik mahorat - pedagogik kategoriya sifatida. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari. Pedagogik mahoratni egallash vositalari. Pedagogik kompetentlik. Innovatsion muhim sharoitida pedagogik faoliyatni tashkil etishga qo'yiladigan talablar. Pedagogik mahorat haqida tushunchasi va mohiyati. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan har bir Qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini avvalo ta'lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Xususan 2010 yilning Barkamol avlod yili deb e'lon qilinishi ham pedagoglar va tarbiyachilar zimmasiga ulkan mas'uliyatlar yukladi. Jumladan, Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Barkamol avlod yili Davlat dasturi to'g'risidagi Qarorida Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol va rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu vazifalarni bekamu ko'st amalga oshirilishi uchun bugungi kunda avvalo bo'lajak o'qituvchilarning saviyasini va bilimini uzluksiz takomillashtirib borishga mustahkam zamin yaratilishi kerak. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida ushbu muammolarning yechimini topishda Pedagogik mahorat fanini chuqur o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, Pedagogik ensikiopediyada ta'rif quyidagicha izohlangan: O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis. Ushbu ta'rifhing mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin: 1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'ratkichi. 2. O'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi. 3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlami puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi. 4. O'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi. Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlardan iborat: Pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi. Kasbga oid bilimlami boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash. Barcha kasblar orasida o'qituvchilik kasbi o'zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o'qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me'mori, yoshlarga ta'lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g'oyaviy-siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko'maklashadi va jamiyat uchun muhim bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas'uliyat o'qiruvchidan o'z kasbining mohir ustasi bo'lishni, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko'nikmalarini har tomonlama ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.8 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.8 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga