Pedagogik mahorat va uning ta'lim tarbiyadagi o'rni REJA: Pedagogik mahorat-sistemasi va uning tashkil etuvchilari. Pedagogik mahorat va uning ta'lim tarbiyadagi o'rni Ta'lim-tarbiya jarayoni va u haqida tushunchalar. Xulosa. Adabiyotlar ro'yxati. Ta'lim tarbiya jarayonida muamala madaniyati 1. Tushuntirish (o'rgatish, odatlantirish, mashq qildirish). 2. Namuna (maslahat berish, uzr so'rash, yaxshiliklar haqida so'zlash, o'rnak bo'lish). 3. Nasihat berish, o'git (undash, ko'ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo'l tilash va hokazolar). 4. Rag'batlantirish usuli 5. Qoralash va jazo (ta'qiqlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo'rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar) Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun avvalo ta'lim va tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o'z talabalarini turli o'quv faoliyatiga jalb qiladi. Bu bilan talabalarda muayyan bilim, ko'nikma, malakalar va xulqni shakllantiradi. . To'gri muloqot uslubini tanlashda o'zini boshqara olish, adolatlilik, boshqalar tajribasiga ijobiy yondashuv, pеdagogik tеxnikni rivojlanishi, hazil - mutoyibaga moyillik ham katta ahamiyatga ega. Bunda o'qituvchi bolalarni hurmat qilishi va o'z qadrini saqlashi muhimdir. Pеdagogik faoliyatda turli konfliktlar pеdagogik vaziyatlar uchrab turadi. Shuning uchun yosh pеdagoglar qator qoidalarni bilishi lozim. Pedagogik mahorat yaxlit sistema sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: pedagog shaxsining insonparvarlik yo'nalishiga ega bo'lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo'nalishlari va ideallarining oliy maqsadga-barkamol avlod tarbiyalab etishtirishga yo'naltirilganligi; mutaxassislik fanlari, o'qitish metodikasi, pedagogika va psixologiyadan professional bilimlarga ega bo'lishi; Pedagogik qobiliyatga ega bo'lishi (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash («yuzidan uqib olish»)); pedagogik texnikani egallashi, ya'ni o'z-o'zini boshqara olishi, o'zaro ta'sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalashi. Insonparvar bo'lish mahoratli pedagog faoliyatining bircha jihatlarini qamrab oladi va uning aniq vazifalarini ham belgilab beradi. Quyidagi holatni tahlil qilaylik. Yosh o'qituvchi bolalarni Temuriylar muzeyiga olib bordi, Lekin «Nima uchun Amir Temur haqida talabalarga so'zlab berish kerak?»- degan savolga javob topolmaydi. Mahoratli pedagog esa, bu sayohatahamiyatini butunlay boshqacha tushunib, u talabalarda tariximizni bilish, uni ardoqlash, ulug' ajdodlarimiz borligi bilan quvonish va nihoyat milliy g'urur vujudga keltirishda katta ahamiyatga ega ekanligi haqida to'lqinlanib gapiradi. Pedagog shaxsining insonparvarlik yo'nalishiga ega bo'lishi, ba'zan uning egallagan nuqtai nazarda ham namoyon bo'ladi. Masalan, birinchi kurs talabalarini ertaga yana paxta terimiga olib chiqish kerak, Lekin talabalar: «Biz bormaymiz, chunki oldingi kunlarda tergan paxtamiz dalada chirib ketyapti, uni olib ketishmadi» - deb qaysarlik qilishadi. Pedagog talabalarning haqligini sezib tursada, «Yo'q chiqishingiz shart, paxtani olib ketishi bilan ishlaring bo'lmasin»- deb o'z fikridan qaytmayapti. Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
598.34 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
598.34 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: pptx