Pedagogik mahorat va uning ta'lim-tarbiyadagi o'rni Reja: O'qituvchi - yoshlarga tar'lim-tarbiya beruvchi kishi. Pedgogik faoliyatining o'ziga hos xususiyatlari. Pedagogik mahorat tizimi. Tayanch tushunchalar: pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyat maqsadi, bo'ekti va vositasi, kasbiy bilim, pedagogik teknika, pedagogik vaziyat, pedagogik topshiriq. O'qituvchi - yoshlarga tar'lim-tarbiya beruvchi kishi. Inson tarbiyasi har qachon ham murakkab vazifalardan biri bo'lib kelgan. Hatto jamiyat me'yordagi stabil rivojlanish bosqichida turgan vaqtda ham o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida turli muammolar paydo bo'ladi. Bugungi kun muammolari esa (ishsizlik, qonunbuzurlik, oilaviy ajrashishlar, noqonuniy dori vositaliri va hatto giyohvand moddalardan foydalanish, shaxsiy va profisional maqsadning yo'qligi, diniy ekstremizm, terrorchilik va h.o) ta'lim-tarbiya jarayonini yanada murakkablashtirib yubormoqda. Ma'lumki, ta'lim-tarbiya deb atalgan murakkab jarayon subyektlaridan biri - bu o'qituvchi. Ho'sh, bugungi kun o'qituvchisi qanday bo'lishi kerak? Uning faoliyati maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? Uning bilim saviyasi, salohiyati, mahorati va qobiliyatini o'stirish nimalarga bog'liq? Eng avvalo o'qituvchi shuni chuqur anglashi lozimki, u jamiyatning ishonchli vakili, zero, jamiyat unga o'zining eng qimmatli boyligi, umidi, ishonchi va kelajagi bo'lgan bolalarini topshiradi. Bu oliyjanob va murakkab kasb unga hayotini bag'ishlagan har bir kishidan doimiy ijod, izlanish, ulkan sahovatli qalb, bolalarga muhabbat, o'z kasbiga cheksiz sadoqatni talab etadi. Binobarin, Prezident I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «Maktab degan ulug' dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun halqimiz kelajagini hal qiladigan o'qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o'lchab, qiyoslab bo'lmaydi». Bunday mas'uliyatli vazifani faqatgina dialektik fikrlash qobiliyatiga, yorqin shaxsiy sifatlarga ega bo'lgan, o'z-o'zini uzluksiz rivojlantirish va tarbiyalashga tayyor bo'lgan o'qituvchi bajara oladi. Zero, o'qituvchi shaxsi pedagogik jarayon muvaffaqiyatining asosiy sharti va vositasidir. O'qituvchining shaxsiy sifatlari doim tayyor qilib qo'yilgan ahborotlardan iborat emas, balki u jonli mushohada yurita olish, doimiy o'z-o'zini rivojlantira olish qobiliyati bilan belgilanadi. Olov olov bilan yoqiladi, shaxs shaxs orqali shakllantiriladi. O'zida bo'lmagan narsani birovga berib bo'lmaydi. Har qanday o'qituvchi ham mahoratli o'qituvchi bo'la oladimi, degan savolga tajribali pedagoglarimiz shunday javob beradilar: Ha! Lekin faqat o'z ustida tinimsiz ish olib borish sharti bilan. Masalan, taniqli rus pedagogi A.S.Makarenkoning shaxsi o'z ustida ishlab, pedagogik qobiliyatlarni takomillashtirishning yorqin namunasi bo'la oladi. U juda ko'p o'qigan, o'z mahoratini uzluksiz oshirib borgan, o'z xarakteri ustida ishlagan. U o'z tajribasi va hamkasblari tajribasidan o'rganib, muhim hulosalar chiqara oldi, aktyorlardan dars oldi, o'z pedagogik texnikalarini rivojlantiridi. Mahorat faoliyat jarayonida yuzaga chiqadi. Pedagogikada mahoratni aynan shunday tushunish qabul qilingan. U o'qituvchi belgilangan vaqt ichida erishishi mumkin bo'lgan optimal natijaga olib keladigan pedagogik faoliyatning oliy darajasi sanaladi. Albatta, tashqi tomondan mahorat turli ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
592.56 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
592.56 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: doc