Pedagogik mahoratni shakllantirishda teatr pedagogikasidan foydalanish o'rni

Pedagogik mahoratni shakllantirishda teatr pedagogikasidan foydalanish o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik mahoratni shakllantirishda teatr pedagogikasidan foydalanish o'rni - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik mahoratni shakllantirishda teatr pedagogikasidan foydalanish o'rni Pedagogik faoliyat drammaturgiyasi va rejissurasi Tarbiyaviy jarayon ijodkorlikdan iboratdir, lekin u pedagogik vaziyatni tahlil qilish mahoratida ham, bolalar bilan bevosita o'zaro hamkorlik qilishda ham namoyon bo'ladi. Tarbiyachi ijodkorligining o'ziga xosligi shundan iboratki, u ijodiy fikrini o'z shaxsi orqali amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogikada ijodkorning shaxsi bilan ijodkorlik quroli (vositasi) bir-biriga mos keladi bunda tarbiyachining o'z-o'zini namoyon qilishi juda katta rol o'ynaydi. Bu jihatdan o'qituvchining faoliyati bir qator xususiyatlari bo'yicha aktyor, rejissyorning badiiy-ijodiy faoliyatiga yaqindir. Shuni qayd etib o'tish kerakki, teatr ijodkorligida va pedagogik ta'sir ko'rsatishda, ya'ni pedagog bilan bolalarning bevosita o'zaro harakati bilan bog'liq bo'lgan hissi-o'zaro fikr almashish sohasida ko'pgina umumiy tomonlar bor. Tarbiyachi pirovard natijada pedagogik ta'sir ko'rsatish drammaturgiyasini ishlab chiqadi, uni rivojlantirish sohalarni belgilaydi, tarbiyaviy ta'sirlar rejasini tuzib chiqadi, bu reja u yoki bu tarbiyaviy syujetni rejissyorona ko'rishni nazarda tutadi, nihoyat, pedagogning o'zi tarbiyaviy g'oyalar va yo'l-yo'riqlarning faol uzatuvchisi bo'lib maydonga chiqadi. Gap teatr ijodkorligi nazariyasidan, xususan K.S.Stanislavskiy sistemasidan pedagogik ta'sir ko'rsatish mahoratini oshirishda foydalanish imkoniyatlari haqida bormoqda. Masalan, jarayonning hissiy sohasini tahlil qilish borasida teatr pedagogikasi tomonidan to'plangan bir muncha tajriba asosida o'zaro fikr almashish amalga oshiriladi va bu tajriba pedagogning ijodiy mehnatiga o'xshash jarayonlarni tushunish foydalidir, bu esa tarbiyaviy mahoratni samarali egallashga yordam beradi. Harakatga sozlash uchun materialga bo'lib, o'quv jarayonining o'zi xizmat qiladi: pedagogik paydo bo'lganda u bilan tik turib salomlashish kerak, lekin shovqin solmay, uyushqoqlik bilan jo'shqin tez ayni vaqtda oson va yoqimli salomlashish kerak. So'ngra talabalarga bir joydan ikkinchi joyga shovqinsiz o'tish, mebelni qayta quyish, yarim doira bo'lib ikki qatorga o'tirish, o'z stullari bilan birga joylarini almashtirish va nihoyat, bularning hammasini ko'zni yumib amalga oshirish taklif qilinadi. So'ngra talaba guruhining har bir a'zosiga jismoniy harakatlarni bajarishga sozlash sifatida o'z hohishi bo'yicha qo'shiq aytish taklif etiladi. Bu hol talabalarni erkin qiladi. Topshiriqlar murakkablashtiriladi, bundan maqsad topshiriqlarni bajarishga doir turli analizatorlarni (ko'rish, eshitish analizatorlari, ularning qo'shilishlari vajilolarini) mashq qildirish va sozlashdir. Xotira, diqqat va xayolni mashq qildirish aktyorlik psixotexnikasining uch asosiy qismi. Xotirani mashq qildirish aktyorlik psixotexnikasining mashq qildirishning mashhur qoidalari va usullari asosida amalga oshiriladi. Ma'lumki, diqqat-psixik faoliyatni shunday tashkil etishdan iboratki, unda muayyan idroklar, tasavvurlar, fikr yoki his-tuyg'ular ikkinchi planga o'tib ketgan yoki butunlay anglab bo'lmaydigan boshqa idroklar, tasavvurlar, fikrlar yoki his-tuyg'ularga qaraganda aniqroq idrok etiladi. K.S.Stanislavskiy umumiy psixologiya tushunchalariga to'la qo'shilgan holda diqqat ongning muayyan obyektidagi yo'nalishi va jamlanishi bilan namoyon bo'ladi, deb hisoblagan edi. Aktyorlik psixotexnikasi Aktyorlik psixotexnikasini mashq qildirish tarkibiy qismlarini ishlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 368.39 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:45 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 368.39 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga