Pedagogik mahoratning nazariy asoslari Reja: Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Pedagog kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o'rni. Bo'lajak pedagoglarni tayyorlashda qo'yiladigan talablar. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari. Pedagogik mahorat - bu: birinchidan, shaxsning strukturasida o'z-o'zini boshqarish; ikkinchidan, fundamental bilimlarini, kasb mahora-tini, mutaxassislik malakasini egallash; uchinchidan, pedagogik qobiliyat-larni, mahoratni takomillashtirishni tezlashtirish; to'rtinchidan, texnik bilim va qobiliyatlarga tayanish, pedagogik faoliyat maqsadlarini bir-biri bilan bog'lash kabilarga erishishdir. Shuni aytish kerakki, keyigi yillarda ko'pgina nopedagogik oliy o'quv yurtlarida kasbiy ta'lim fakultetlari vujudga keldi. Albatta ularning asosiy vazifalari xar bir talabani o'z mutaxassisligi bo'yicha fan asoslarini chuqur egallashini ta'minlash bilan birga, ularda pedagogik mahorat haqida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishiga qaratilgan. Chunki, ular kelajakda o'z mutaxassisligi bo'yicha kasb-hunar ta'limi kollejlarida o'quvchilarga ta'lim beradilar. Shuning uchun ham nopedagogik oliy o'quv yurtlari talabalarida Pedagogik mahorat fanini o'qitilishi muhim ahamiyatga ega. Ushbu fanni o'rganish jarayonida talabalar kollejlarda o'qituvchi bo'lib ishlash mahorati haqida dastlabki ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Pedagogik amaliyot jarayonida esa uni tajribada yanada takomillashtiradilar. Shuning uchun xam ushbu ma'ruza matnida Pedagogik mahorat fanining mazmuni, shakl va uslublari, yo'nalishlari o'z ifodasini topgan. Ushbu ma'ruza matnini tayyorlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning ta'lim-tarbiya haqidagi g'oyalari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta'lim to'g'risidagi Qonun, xalq pedagogika, pedagogika tarixi va nazariyasiga oid ilmiy tadqiqot ishlari, o'quv qo'llanmalari, dasrliklaridan, pedagog olimlarning tayyorlagan ma'ruza matnlaridan foydalanildi. Ushbu ma'ruza matnidan nopedagogik oliy o'quv yurtlari talabalirini Pedagogik mahorat fanini o'qitishda, shuningdek kasb-hunar kollej-larida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda keng foydalanish mumkin. O'qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o'qituvchining muhim hayotiy o'rni o'z ishining ustasi bo'lishdir. O'qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. O'qituvchi avvalo pedagogik jarayon-ning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu manoda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi. Mahorat - bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada Usta bo'lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog'idagina go'zaldir. Pedagogik mahoratga etishish o'qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. «Pedagogik mahorat» bir kategoriya sifatida o'zining ilmiy asoslariga ega. Oxirgi yillardagi ilmiy yondashuvlar quyidagicha xulosa qilishga imkon berdi: pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi indivi-duallikning yorqin ko'rinishi sifatida tushuniladi; pedagogik mahorat kategoriyasi kasbiy faoliyat nuqtai nazardan kishining individualligini xarakterlaydi. Hozirgi tadqiqotlarda pedagogik mahoratning o'ziga xosligi quyidagi kategoriyalarda jamlanadi: Pedagogik mahorat (A.S.Belkin, V.I.Zagvyazinskiy, N.P.Lebednik, I.A. Zyazyun, T.F.Kuzina, N.V.Kuxarev, S.B.Yelkanov, A.K. Markova); ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:38:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.56 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:38 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.56 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:45 ]
Arxiv ichida: doc