Pedagogik maqsadlarni belgilash texnologiyasi

Pedagogik maqsadlarni belgilash texnologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik maqsadlarni belgilash texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik maqsadlarni belgilash texnologiyasi Reja: 1. O'quv maqsadlarini belgilashning odatdagi usullari 2. Pedagogik maqsadlar taksonomiyasi 3. Blum taksonomiyasi. O'quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarning eng muhimi, yetakchisi bo'lib hisoblanadi. Pedagogik jarayon o'zining qanchalik murakkabligi va davomiyligidan qatiy nazar, u, eng avvalo, maqsadni aniqlashdan boshlanadi. Pedagogik jarayonning boshqa tashkil etuvchi qismlari (tamoyil, mazmun, uslub, vosita, shakl) belgilangan maqsadga bo'ysunadilar, ular maqsadga muvofiq holda tanlanadilar va o'zaro uyg'unlashtiriladilar. Pedagogik maqsad pedagog va talabaning hamkorlikdagi faoliyati natijasini oldindan tasavvur etishdir.an'anaviy didaktikada ham ko'pchilik olimlar (Babanskiy Yu.K., Bezrukova V.S., Galperin P. D, Lerner I.Ya., Kraevskiy V.V.Mahmutov M.I.,Talizina N.F. va boshqalar) o'quv maqsadlarini belgilash usullari, ularni aniqroq ifodalash shakllari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar va bu masalalar bo'yicha malum tajriba ham to'plangan. Jumladan, zamonaviy darsning ta'lim berish, tarbiyalash va talaba shaxsini kamol toptirish maqsadlarini aniqlash hamda ularga erishish yo'llari bo'yicha malum darajada nazariy va amaliy ma'lumotlar mavjud. Lekin, o'qituvchi (uning timsolida o'quv yurti) qanday natijaga erishishni hohlaydi? Bir qarashda bu savolga javob berish osonga o'xshaydi. Biror fan yoki uning bo'limini o'qitishda o'qituvchi o'z oldiga uni talabalarga tushuntirishni, mazmunining o'zlashtirilishini va buning natijasida talabalar uni amalda qo'llay olishlariga erishishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Lekin, «tushunish», «o'zlashtirish», «anglash», «qo'llash» degani nimani bildiradi? Qo'yilgan maqsadga erishilganligini o'qituvchi qanday aniqlashi mumkin? Agar talabaning qo'yilgan maqsadga erishgani yoki erisha olmaganligini aniqlash usuli mavjud bo'lsa, o'qituvchi qo'llagan uslublarining to'g'riligiga, o'z mehnati samarasiga ishonishi yoki talabalar qanday yordamga muhtoj ekanligi haqida ishonchli ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lar edi. Biroq, an'anaviy pedagogikadagi bu holatni har qanday tanqid ham birdaniga o'zgartirolmadi, chunki o'quv yurti (u bilan birga o'qituvchi ham) ijtimoiy talabni o'ta umumlashgan holda oladi. Demak, jamiyat ta'lim tizimiga umumiy tarzdagi talab qo'yar ekan, undan kelib chiqadigan o'quv yurti vazifalari, shuningdek, fanlar dasturlaridagi o'quv maqsadlari ham umumiy tarzda bayon etilishi tabiiydir. Shuni takidlash lozimki, O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari ta'lim standatlarining joriy qilinishi, ularda tayyorlanayotgan kadrlarga qo'yiladigan yagona talablarning aks ettirilganligi natijasida o'qitish maqsadlarini aniqlashtirishga erishilmoqda. Biz fanning maqsad va vazifasidan kelib chiqqan holda, o'quv maqsadlarini fan (kurs) va uning bo'limlari darajasida aniqlashtirish bilan chegaralanamiz. Chunki aynan mana shu joyda o'quv jarayonini texnologik usulda loyihalash bevosita namoyon bo'ladi. Va aynan shu darajada o'qituvchi fan va uning bo'limlari ustida ishlab, o'quv maqsadlarini aniqlaydi va ular asosida o'quv jarayonini tashkil etadi. Endi, pedagogik amaliyotda mustahkam o'rin olgan o'quv maqsadlarini aniqlashning quyidagi an'anaviy usullari haqida to'xtalamiz: 1. Maqsadlarni o'rganiladigan o'quv materialining mazmuni orqali aniqlash. Masalan: «Elektromagnit induksiya hodisasini o'rganish», «Vietta teoremasini o'rganish», yoki biror ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.47 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.47 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga