Pedagogik maqsadlarning belgilash texnologiyasi

Pedagogik maqsadlarning belgilash texnologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik maqsadlarning belgilash texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

REJA: O'quv maqsadlarini belgilash usullari. Pedagogik taksonomiya haqida tushuncha. O'quv maqsadlariga muvofiq bo'lgan shaxs faoliyati sohalari (kognitiv, affektiv, psixomotor) B.Blum taksonomiyasi. 1. O'quv maqsadlarini belgilash usullari. O'quv maqsadlari pedagogik jarayonni tashkil etuvchi qismlarining eng muhimi, yetakchisi bo'lib hisoblvanadi. Pedagogik jarayon, o'zining qanchalik murakkabligi va davomiyligidan qat'iy nazar, u eng avvalo maqsadni aniqlashdan boshlanadi. Pedagogik jarayonning boshqa tashkil etuvchi qismlari (tamoyil, mazmun, uslub, vosita, shakl) belgilangan maqsadga bo'ysunadilar. ular maqsadga muvofiq holda tanlanadilar va o'zaro uyg'unlashtiriladilar. Pedagogik maqsad - bu pedagog va talabaning hamkorlikdagi faoliyati natijasini oldindan tasavvur etishdir. An'anaviy didaktikada ham ko'pchilik olimlar (Babanskiy Yu.K., Bezrukova V.S., Galperin P. D, Lerner I.Ya., Krayevskiy V.V.Mahmutov M.I.,Talizina N.F. va boshqalar) tomonidan o'quv maqsadlarini belgilash usullari, ularni aniqroq ifodalash shakllari bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borganlar va bu masalalar bo'yicha ma'lum tajriba ham to'plangan. Jumladan, zamonaviy darsning ta'lim berish, tarbiyalash va talaba shaxsini kamol toptirish maqsadlarini aniqlash va ularga erishish yo'llari bo'yicha ma'lum darajada nazariy va amaliy ma'lumotlar mavjud. Lekin pedagogik texnologiya tarafdorlari eng avvalo an'anaviy o'quv jarayonini, aniqrog'i o'quv maqsadlarining o'ta noaniq belgilanishini va ularga erishganlikni o'lchab bo'lmasligini qattiq tanqid qildilar. Xaqiqatan ham, o'qituvchi (uning timsolida maktab) qanday natijaga erishishni hoxlaydi? Bir qarashda bu savolga javob berish osonga o'xshaydi. Biror fan yoki uning bo'limini o'qitishda o'qituvchi o'z oldiga uni talabalarga tushuntirishni, mazmunini o'zlashtirilishini va buning natijasida talabalar uni amalda qullay olishlariga erishishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Lekin, «tushunish», «o'zlashtirish», «anglash», «qo'llash» degani nimani bildiradi? qo'yilgan maqsadga erishilganligini o'qituvchi qanday aniqlashi mumkin? Agar talabaning qo'yilgan maqsadga erishgani yoki erisha olmaganligini aniqlash usuli mavjud bo'lsa, o'qituvchi qo'llagan uslublarining to'g'riligiga, o'z mehnati samarasiga ishonishi yoki talabalar qanday yordamga muhtoj ekanligi haqida ishonchli ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lar edi. Biroq, an'anaviy pedagogikadagi bu holatni har qanday tanqid ham birdaniga o'zgartirolmadi, chunki o'quv yurti (u bilan birga o'qituvchi ham) ijtimoiy talabni o'ta umumlashgan holda oladi. Demak, jamiyat ta'lim tizimiga umumiy tarzdagi talab qo'yar ekan, undan kelib chiqadigan o'quv yurti vazifalari, shuningdek, fanlar dasturlaridagi o'quv maqsadlar ham umumiy tarzda bayon etilishi tabiiydir. Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlariga ta'lim standatlarining qabul qilinishi, ularda tayyorlanayotgan kadrlarga qo'yiladigan yagona talablarning aks ettirilganligi natijasida o'qitish maqsadlarini aniqlashtirishga erishilmoqda. Biz fanning maqsad va vazifasidan kelib chiqqan holda, o'quv maqsadlarini fan (kurs) va uning bo'limlari darajasida aniqlashtirish bilan chegaralanamiz. Chunki, aynan mana shu joyda o'quv jarayoni texnologik usulda loyihalash bevosita namoyon bo'ladi. Va aynan shu darajada o'qituvchi fan va uning bo'limlari ustida ishlab, o'quv maqsadlarini aniqlaydi va ular asosida o'quv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.22 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.22 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga