Pedagogik me'yordan og'ishlikning xususiyati

Pedagogik me'yordan og'ishlikning xususiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik me'yordan og'ishlikning xususiyati - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik me'yordan og'ishlikning xususiyati Reja: Pedagogik me'yordan chetga chiqish Me'yordan chiqish tiplari va unga xarakteristika Bolalarda me'yordan og'ish (deviasiya) holatlari. Deviasiya tiplari. O'smirlarda deviantik xulqning sabablari. Asosiy tushunchalar: Anomal bolalar, iqtidorlilik, ijtimoiy me'yorlar, rivojlanosh da og'ishlik bo'lgan bola, nogiron bola, deviant xulq, delikvent xulq, qarovsizlik. Rivojlanishning qaysi bosqichida bo'lishian qat'iy nazar, har qanday jamiyatda, u eng jamiyatda, u eng rivojlangan, farovon, iqtisodiy rivojlangan mamlakat bo'ladimi yoki rivojlanayotgan jamiyatli ularda o'zlariga maxsus alohida e'tibor talab etadigan insonlar bo'ladi. Bunday insonlar biror bir jihatdan: jismoniy, psixik yoki ijtimoiy rivojlanishdan nuqsoni bor insonlardir. Bunday insonlar jamiyat va davlatda doimo alohida guruhga mansub bo'lib ajralib turadi. Ularga doimo maxsus munosabatda bo'lib kelingan. Biroq bu toifadagi insonlarga jamiyatning tarixiy-madaniy sharoitiga muvofiq turli davrlarda turlicha munosabatda bo'lib kelingan. Masalan, Qadimgi Spartada jismoniy, psixik nosog'lom bolalarni spartachilar qoyalardan uloqtirganlar. Bunday toifadagi insonlarga boshqa bir jamiyatda esa insonparvarlik nuqtai nazardan yondashganlar, ular mehribonlik va g'amxo'rlik ko'rsatganlar. AQSH va Yevropaning mamlakatlarida hozirgi davrda nosog'lom, jismoniy kamchilikli bolalarga barcha teng huquqli insonlar qatori munosabatda bo'ladilar. Ularga jamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida qarab, bu insonlarni muammoli yoki imkoniyati cheklangan shaxs sifatia alohida maxsus e'tibor beriladi. Muammoli inson tushunchasi AQSHa keng qo'lianilsa, Yevropamamlakatlarida imkoniyati cheklangan inson iborasi ko'p ishlatiladi. Bugungi kunda imkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo sog'liq masalasi dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bunday insonlar soni dunyo miqyosida o'sib bormoqda. YUNESKOning istiqbol bo'yicha ma'lumotlarida yaqin vaqtda jahon hamjamiyati bu ko'rsatkichni o'zgartira olmaydi. Sog'lom muhit doimo insonlar ongida o'z chegarasiga ega bo'lib, chegaradan tashqi bo'lganlar nome'yoriy, potologik deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki anglamagan holda o'zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi. Me'yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogika, sosiologiya va boshqa fanlarda keng qo'llanilib kelinadi. Bu tushuncha aniq va yaxlit, yagona, ta'rif berishga bo'lgan intilash muvaffaqiyatsizlikbilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200ga yaqin ta'rif berganlar. Me'yor tushunchsi ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat terminologik, balki mazmun mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy me'yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi. Shu sababli ham ular birinchidan, milliy o'ziga xoslik bundan tashqari, vaqt o'tishi bilan qayta-qayta o'zgarib turadilar. AQSHda II jahon urushidan so'ng 2-3 o'n yiliklar mobaynida chekish odatiy me'yor hisoblangan bo'lib, unga jamiyatda bee'tibor bo'lganlar, hozirda, jamiyat bu sog'liq uchun zararli odatga qarshi turgan bir vaqtda, chekishga axmoqona xulq belgisi sifatida munosabatda bo'ladilar. Aslida qanchalik jamiyat demokratik tuzumga asoslangan bo'lsa, shunchalik shaxsning nostandart shakldagi xususiyatlariga chidamlimunosabatda bo'linadi, agar totalitar rejimga asoslangan bo'lsa, inson xulqini qattiq chegara doirasiga oladi, mabodo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.42 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.42 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga