Pedagogik nazokat va odob axloq

Pedagogik nazokat va odob axloq

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik nazokat va odob axloq - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik nazokat va odob axloq REJA: O'qituvchining pedagogik odob-axloqi haqida tushuncha. Pedagogik odob-axloq tamoyillari va uning vazifasi. Buyuk mutafakkirlar o'qituvchi va tarbiyachi axloq-odobi haqida. O'qituvchining pedagogik odob - axloqi, nazokati haqida tushuncha. «Odob deganda rasm - taomil, xulq - odatlar yig'indisi, ijtimoiy - iqtisodiy to'zum takozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an'analari asosida odamlar o'rtasida paydo bo'lgan muomala munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi. Demak, o'qituvchi odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, talablari, mezonlarini ta'lim - tarbiya jarayonida oydinlashtirib, muallimning o'quvchilar, o'z kasbdoshlari, ota - onalar, maktab rahbarlari bilan muomala - munosabatlarida ifodalanadigan axloqiy xususiyatdir. O'qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo'lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, inson turmushining barcha sohalarida kishining xulqi, xatti - harakatlarini tartibga solib bashqarib turuvchi, Vatanga, mehnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yunaltiruvchi) qonun - qoidalar, yul - yuriklar, mezonlar, pand - nasihatlar yig'indisidan iboratdir. Axloq umuminsoniy va milliy xarakterga ega bo'lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo'lgan axloqiy ideallari, orzu - umidlari to'g'risidagi tasavvurlari, tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o'z ichiga oladi. Umuminsoniy axloq deganda turli davrlarda barcha xalqlarda kishilarning turmushi, hayot tarzida shakllanib, insonlarning o'zaro muomala - munosabatlarini tartibga solib turuvchi umumiy tushunchalar, normalar va talablar, umumiy axloqiy sifatlar tushuniladi. Milliy axloq esa umuminsoniy axloqka xos asosiy xususiyatlarni saklagan holda, ayni millat va elat kishilarigagina xos bo'lgan ayrim axloqiy xususiyatlarni ham o'zida mujassamlantiradi». ( Malla Ochilov. «Muallim qalb me'mori». Toshkent. «O'qituvchi». 2001 yil. 3 - 4 bet ). O'qituvchi umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarni o'zlashtirib olishi, tajribada qo'llashi, o'zining dunyoqarashi, axloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko'rish natijasida umuminsoniy va milliy - axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o'qituvchining o'z axloqiy fazilatiga, e'tiqodiga aylanadi. O'qituvchining odob normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e'tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e'tiqod va sifatlar o'qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o'quvchilar, ota - onalar va bashqa kishilar bilan muomala - munosabatlarida, kundalik turmushda o'zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta'sir o'tkazishda ko'zga tashlanadi. Pedagogik takt o'qituvchi axloqining amaliy ko'rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta'sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuklarida namoyon bo'ladi. O'qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi. Ularni pedagogik faoliyat bilan bog'liq tarzda bir qadar oydinlashtiradi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, adolat, yaxshilik qilish, burch, kadr - kimmat, mas'uliyat, vijdon, halollik, rostgo'ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o'qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog'liq ravishda tahlil kilinadi. O'qituvchilik sha'ni, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.59 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga