Pedagogik nazokat va odob-axloq RYeJA: 1. Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqidagi tushuncha. 2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyati. 3. O'qituvchining odobi, burchi, mas'uliyati, shani va qadr-qimmati. Pedagogik odob - bu umuminsoniy va milliy axloq qonuniyatlari, tamoyillari va talablari asosida o'rnatiladigan, ta'lim-tarbiya jarayonidagi muomala-munosabatlarda namoyon bo'ladigan professional axloqiy xususiyatdir. O'qituvchi odobi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratiladi: bo'lajak o'qituvchilarni umuminsoniy va milliy axloq, kasb axloqi, o'qituvchi odobiga doir bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish; ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar, kasbdoshlar, ota-onalar, maktab rahbarlari o'rtasidagi muomala, munosabatlarni boshqarib, yo'naltirib, tartibga solish, nazorat qilib borish; bo'lajak o'qituvchilarga o'z-o'zini axloqiy tarbiyalash yo'llarini o'rgatish; bo'lajak o'qituvchilarning ma'naviy-axloqiy saviyasi, pedagogik axloqiy madaniyatini oshirish. O'qituvchi odobining umumiy qonuniyatlari: O'qituvchi odobi mazmuni muayyan jamiyatda mavjud bo'lgan ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan belgilanishi va davlat hujjatlarida ijtimoiy buyurtma sifatida ifodalanishi. yaxlit pedagogik jarayonda axloqiy ma'rifat, axloqiy tarbiya va o'qituvchi odobi tushunchalarining birligi; O'qituvchi odobining o'ziga xos xususiyatlari: o'qituvchilik kasbini va bolalarni sevish; o'zi dars beradigan fanni, pedagogika, psixologiyaga doir chuqur bilimga, yuksak ma'naviy madaniyatga ega bo'lishi; o'qituvchi shaxsining axloqiy pokligi; jamiyat oldidagi burchni, pedagogiklik mas'uliyatini yuksak darajada anglash, axloqiy e'tiqodli bo'lish; o'zi bajarayotgan ishning haqligiga va o'z kuchiga, o'quvchilarining har biri ulg'ayib jamiyat uchun foydali, yaxshi odam bo'lib etishishiga ishonch; davomi pedagogik takt, muomala odobi qoidalariga amal qilish; o'qituvchining yaxshilik qilish istagi, xushmuomalaligi va amaliy ishlarining, yani so'zi bilan ishining birligi; hamma o'quvchilarga nisbatan xolis niyatli, obyektiv, talabchan, adolatli bo'lish; pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri bilan pedagogik ijodkorlikning uyg'unligi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
50.37 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
50.37 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:46 ]
Arxiv ichida: ppt