Pedagogik nazokat va pedagogik odob-axloq

Pedagogik nazokat va pedagogik odob-axloq

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik nazokat va pedagogik odob-axloq - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik nazokat va pedagogik odob-axloq Reja: 1. Pedagogik nazokatning me'yori. 2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyati. 3. O'qituvchi nazokati va odobini shakllantirish hamda rivojlantirish yo'llari. Pedagog o'quvchilar oldida nihoyatda odobli xatti-harakatlarni qilishi, noto'g'ri harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o'qituvchi hurmati keta boshlaydi. Pedagogik nazokat me'yori tuyg'usi o'z o'quvchilari bilan to'g'ri munosabat qoidalariga amal qilishdir. Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar) ijtimoiy yo'l-yo'riqlar va shaxsiy xislatlar jamini aytish mumkin, ular o'qituvchinng o'quvchilar bilan muomalasi sohasidagi xulq-atvorini belgilab beradi. O'qituvchining pedagogik nazokati mazmuni va uni namoyon bo'lishi shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo'l-yo'riqlarni ko'rib chiqamiz. O'qituvchi o'z o'quvchilari bilan munosabatlarini (dialog) muloqot tarzida bo'lishini tushunishi lozim, ya'ni muhimdir. Agarda o'qituvchilarning o'quvchilar bilan munosabatlari ishonch asosida qurilgan bo'lsa, bunday muloqot ijobiy bo'ladi. Agar bolalar bilan o'qituvchi o'rtasida ishonch munosabatlari o'rnatilgan bo'lsa, ular hayotning og'ir damlarida uning huzuriga yordam so'rab keladilar, o'z quvonchlarini baham ko'radilar. Pedagogik nazokat me'yorda bo'lgani ijobiy namoyon bo'ladi. Agarda haddan tashqari chegaradan chiqib ketsa, zerikishlar paydo bo'ladi, ishonchsizlik yuzaga kela boshlaydi. Pedagogda adolat bo'lishi, bolani o'qituvchiga bo'lgan ishonch-muhabbatiga olib keladi. Albatta pedagogda vijdon bo'lishi kerak. Pedagog hech qachon o'z fikrini o'quvchilarga majburan o'rgatishga va majburan javob olishga harakat qilmasligi kerak, aks holda o'quvchi o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlar keskinlasha boshlaydi, adolat buziladi. Izzat-nafsni boy bermaslik kerak. Pedagogning o'quvchilar bilan bo'ladigan barcha munosabatlari adolatli, vijdonan hal qilinishi lozim, tushunmovchiliklar sodir etilgan paytda ularni ijobiy xal etishga harakat qilinmog'i zarurdir. Bir qolipdagi fikrlar umuman pedagogik faoliyatda va xususan o'quvchilar bilan munosabatlar sohasida ijobiy rol o'ynashi mumkin. Ular pedagogning g'ayratini tejaydi, ancha tez pedagogik ta'sir etishga yordamlashadi. Lekin bir qolipdagi fikrlar ham salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Masalan: dars jarayonida kulgili holat sodir bo'lsa, bu holatga mos kulgili vaziyat qilmasdan, balki unga jiddiy tus berish, qatiy javob berilsa, vaziyat murakkablashadi, xolos. Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin, Bular haqida o'tmish mutafakkirlarimiz fikrlarini keltiramiz: «O'zga odamning dahlsizligi, nozikligi, hamiyatini ehtiyot qil, odamlarga yomonlik qilma, ranjitma, dilini og'ritma, tashvish va notinchlikka yo'l qo'yma»,-degan edi V. A. Suxomlinskiy. «Kimki insoniylikni o'zida sinab ko'rmagan ekan, u hech qachon odamlarni chuqur bilmaydi». N. G. Chernishevskiy. «Birovni yerga ursang, u bilan o'zing ham yerga urilasan». B.Vashington. «Sening har bir xulq-atvoring boshqa kishilarga ta'sir etadi, yoningda inson borligini unutma». B. A. Suxomlinskny. «Kishini erkalash hech qachon ziyon keltirmaydi». «O'zgalar aybiga tetik nazar sol, «O'z aybing ko'rgandek, undan ibrat ol». Nizomiy Ganjaviy. «Yaxshi kishi ko'rmagay yomoshlik hargiz, Har kimki yomon bo'lsa, jazo topqusidir». Bobur. O'qituvchida pedagogik nufuz bo'lishi o'quvchilarning estetik didini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.57 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.57 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga