PYeDAGOGIK NAZORAT VA TA'LIM SIFATINI BAHOLASh Reja: Baholashning ahamiyati. Baholash tamoyillari. Baholash shakllari. Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi. Baholash - ta'lim jarayonining malum bosqichida o'quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o'lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv materiallari o'zlashtirilganligini, ko'nikma va malakalar hosil bo'lganligini tekshirish va baholash ta'lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o'qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o'quv jarayonining turli bosqichlarida ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. Nima uchun baholash kerak? O'quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun; keyingi bosqichga o'tishdan oldin avvalgi o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun; natijaga erishganligini tasdiqlash uchun; ta'lim oluvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun; yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun; ta'lim beruvchi o'z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun; yalpi o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun; ta'lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun; ta'lim oluvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun; tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-onalarga ma'lumot berish uchun. Nimani baholash kerak? Nazariy bilimlarni; amaliy ko'nikma va malakalarni; xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni. Qachon baholash kerak? ta'lim jarayoni boshida (boshlang'ich baholash); ta'lim jarayoni davomida (joriy baholash); ta'lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash). BAHOLASh TAMOYILLARI Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining poydevori hisoblanadi: o'quv maqsadlariga asoslanganlik haqiqiylik haqqoniylik ishonchlilik qulaylik O'quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili o'quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Haqiqiylik. O'quv maqsadida ko'zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. Haqqoniylik(obyektivlik). Bir-biridan mustaqil ta'lim beruvchilar bir xil ta'lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo'yicha bir xil baho bergan holdagina mazkur baholash haqqoniy hisoblanadi. Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin bu usullarni tanlashga qo'yiladigan asosiy shart ishonchlilik hisoblanadi. Qulaylik. Baholash tizimi o'quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o'quv va ishlab chiqarish standartlariga mos bo'lishi, murakkab bo'lmasligi, nazorat o'tkazuvchi va ta'lim oluvchi uchun qulay bo'lishi lozim. BAHOLASh ShAKLLARI Baholash, uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o'tkazilishi mumkin: Mezonga asoslangan baholash me'yorga asoslangan baholash. Mezonga asoslangan baholash baholanuvchining ta'lim jarayonida qo'lga kiritgan natijalarini, bilim, ko'nikma va malakalarini oldindan belgilangan o'quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko'ra taqqoslash va o'lchashdan iborat bo'lgan baholash shaklidir. me'yorga asoslangan baholash nisbiy baholash shakli bo'lib, baholashdan so'ng baholanuvchilarning ta'lim jarayonida qo'lga kiritgan natijalarini o'zaro taqqoslash orqali o'lchashdan iborat. Mezonga asoslangan baholashning afzalliklari quyidagilardan iborat: o'quv maqsadiga muvofiq baholanadi; ta'lim oluvchining o'zlashtirish darajasini obyektiv baholaydi; baholash o'zining aniq ko'rsatkichlariga ega bo'ladi; ta'lim oluvchi olgan bahosida yo'l qo'ygan xatolarini yaqqol ko'rib turadi; baholanuvchini ta'lim olishga yo'naltiradi; baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
90.25 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
90.25 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:46 ]
Arxiv ichida: pptx