Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etish texnologiyasi Reja: Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. Pedagogning pertseptiv (o'quvchi, talabalarni tushunish) xatolari. Pedagogning o'quvchi-talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo'ladigan kelishmovchiliklami va ularni bartaraf etisbning o'ziga xos xususiyatlari. Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo'l qo'yiladigan xatolar va ularni engish yo'llari. «Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi muomala-munosabatlar katta o'rin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. O'qituvchi pedagogik ishda fidoiylik ko'rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga halollik, go'zallik, haqiqat, odob-axloq nurini singdira olsa sharafli vazifasini dog' tushirmay bajargan sanaladi, hurmat-e'tibor topadi. Shogirdlari tomonidan ulug'lanadi. Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deyish qiyin. O'zining dag'al muomalasi bilan bolaning ko'nglini o'qishdan sovitib, dilini o'rinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo'ladigan dalillar ko'p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta'sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatish qiyin bo'lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o'qituvchi bilan o'quvchi, talaba o'rtasida nizo tug'ila boshlaydi. Barkamol, ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta'sir o'tkazish shartlaridan biri o'zaro ishonch, hamjihatlikda maqsad sari ustoz va shogird maqomida hamkorlikda intilishdir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko'p marta sinovdan o'tgan va o'zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan o'tkazilgan suhbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala, o'quvchilarga ham ota-ona, do'st, rahbar bo'la olgan o'qituvchilargina muvvafaqiyatlarga erishadilar. Aksincha qo'pol, o'zini bosolmagan, o'ylamay hukmlar chiqarishga moyil o'qituvchilar muammolar orasida qoladilar. Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlaming tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba'zan istasa-istamasa qo'pollik qilishga «majbur» bo'ladi, o'quvchi muallimning o'rinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o'zini tuta olmay qoladi. Muallim o'z talablarini, hatto qo'pollik holatini ham, bolaga yaxshilik qilayapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to'g'ri yo'lga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganligiga isxonadi. Afsuski, bu to'g'ri xulosa emas. Sa'diy SHe'roziyning «Guliston» (Toshkent, 1968) asarining «Tarbiya ta'siri bayoni» bobidagi hikoyatlar, Alisher Navoiyning «Mahbub - ul - qulub» asaridagi «Mudarrislar to'g'risida», «Maktabdorlar to'g'risida»gi asarlarida bildirilgan mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir. Ba'zi holatlar, masalan tarbiyasi qiyin bola bilan muomala-munosabatlar jarayonida sodir bo'ladi. Unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosog'lom muhitli oilada voyaga yetadi. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular mehrga zor, e'tiborga muhtoj ekanligmi, bundaylarga m'sbatan bardoshli, sabr-toqatli, kechirimli bo'Hsh zarurligini ham his etishlari lozim. Ma'lumki, jismoniy jarohat olgan bolani o'qituvchi jazolamaydi. Jismoniy tarbiya muallimi oyog'i jarohatlangan boladan yugurish musobaqasida qatnashishni talab etmaydi. Bola ba'zan qalbi, rubi jarohatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta'lim jarayonida buni barcha o'qituvchilar birdek ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.33 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.33 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:46 ]
Arxiv ichida: doc