Pedagogik psixologiya fanining paydo bo'lishi va vazifalari Pedagogik psixologiya - ta'lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o'rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi - shart sharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda o'qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta'sirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2 yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qo'shganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida o'sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo'nalishlar ham turtki berdi. Pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topadi. XIX asrning 6O-yillarida xalq ommasi orasida bilimlarni tarqatishga qaratilgan tashkilotlar paydo bo'la boshladi. Bu davrda talabalarning tashabbusi bilan dehqon va hunarmandlarga ta'lim beradigan kattalarning ballik maktablari paydo bo'la boshladi. Shuningdek, dastlabki xalq kutubxonalari va o'quv zallari (qiroatxonalar), mehnatkashlar uchun tekin kutubxonalar tashkil etildi; umumta'lim, amaliy va kasbiy bilimlarni ommalashtirishning keng tarqalgan shakllaridan biri xalq o'qishlari o'tkazila boshlandi. Bilimlarni ommalashtirishda bilim jamiyatlari va komitetlari muhim ro'l o'ynadi. Bunday muassasa a'zolari xorij va rus yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini chop etish, yozgi pedagogik kurslarni tashkil etish, xalq maktablari va kutubxonalarini yaratish kabi ishlar bilan sho'g'lillanishgan. Sankt-Peterburgda 1861-yilda tashkil etilgan bilim jamiyatiga L. N. Tolstoy, I. S. Turgenev kabi mashhur yozuvchilar a'zo bo'lishgan. Xalq ta'limining rivojlanishida pedagogik muzeylarning tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo'lgan. Yuksak tafakkur namoyandalarining asarlarida bilim olishga keng o'rin berilgan bo'lib,o'tmishda ham, hozirda ham qayerda ta'lim sohasiga e'tibor yuqori bo'lsa, o'sha yerda taraqqiyot doimo ilgarilab borganligi yaqqol ko'rinadi. Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta'lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish yo'llari xususida qator ilmiy ma'lumotlar keltiriladi. Jumladan, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Burhoniddin Zarnujiy, Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va mutafakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atroflicha ma'lumotlar keltiriladi. Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ham ilm o'rganishni yuqori darajaga qo'yib, o'z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: ≪Kishi ilm bobida nafaqat o'zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o'zidan past bo'lganlardan hadis olmaguncha, yetuk muhaddis bo'la olmaydi≫. Imom Buxoriy ushbu fikri bilan o'quv faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllantirilishiga urg'u beradi. Abu Nasr Forobiy esa ko'plab asarlarida bilish masalasiga kata e'tibor beradi. U bilishda ikki bosqichni - hissiy va aqliy bilishni farqlaydi hamda bilishda inson aqlining roliga ahamiyat beradi. Forobiy insonlarni ilmli bo'lishga chaqirib, o'quvchining ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ibratli g'oyalarni ilgari surgan. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.96 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.96 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:46 ]
Arxiv ichida: docx