Pedagogik psixologiyaning prinsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari

Pedagogik psixologiyaning prinsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik psixologiyaning prinsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik psixologiyaning prinsiplari va ilmiytadqiqot metodlari Reja: Pedagogik psixologiya fanining asosiy metodlari. Pedagogik psixologiyaning prinsiplari. Pedagogik psixologiyaning tadbiqiy va amaliy sohalari. Amaliy pedagogik psixologiyaning yo'nalishlari. Psixologiyaning asosiy metodlari.Aniq izlanish predmetiga ega bo'lgan har qanday fan o'sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to'plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro'si ham birinchi navbatda o'sha metodlar yordamida to'plangan ma'lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog'liq bo'ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo'lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida haraladi. Chunki yuqorida takidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo'l bilan ushlab, ko'z bilan ilg'ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko'plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog'i o'z vazifalarini yechish va ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ko'plab metodlarni sinovlardan o'tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo'llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to'plangan ma'lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. 1-jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularni qo'llash shakllari keltirilgan. Jadvalda keltirilgan metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to'g'risida birlamchi ma'lumotlar to'playdi, to'plangan ma'lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. 1-jadval. Psixologiyaning asosiy metodlari Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq - atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma'lumotlar to'plash usulidir. O'z - o'zini kuzatish esa odam o'zida kechayotgan biror o'zgarish yoki hodisani o'zi o'rganish maqsadida ma'lumotlar to'plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko'pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o'rganish maqsad qilib qo'yilganda qo'llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo'lmaydi, kuzatuv obyekti ham qatiy bo'lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham bazan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo'lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qatiy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq - atvoriga ta'sirini o'rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o'sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo'shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo'l bilan olingan ma'lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo'lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo'lsa, o'zi ham guruh hayotiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga