Pedagogik tadqiqotda ilmiy dalillar Reja: Ilmiy dalillarning mantiqiy gnoseologik mohiyati Pedagogik muammoni tanlash va pedagogik tadqiqot mavzularini shakillantirish Pedagogik tadqiqot obyekti va predmeti Pedagogik tadqiqotning maqsad va vazifalari Ilmiy tadqiqotning farazi Ilmiy dalillarning mantiqiy gnoseologik mohiyati. Tadqiqot ilmiy dalillarning turli ko'rinishlari, muayyan ilmiy me'zonlarga asoslanadi. Har bir dalil gnosiologik va epistemologik bilish qoidalari bilan isbotlansa, u haqiqiy bo'ladi. Malumki, Gnoseologiya grekcha bilish nazariyasi, bilish to'risidagi ta'limotdir. «Olam va odam» tizimida dunyoni anglash, subyekt va obyekt o'rtasidagi munosabat dialektikasi bilan gnoseologiya shug'ullandi. Avvalo, pedagogik konsepsiyalarni, qarashlarni tahlil etish va o'z g'oyasini talqin etishda gnoseologik va epistomologik qoidalariga amal qilinadi. Gnoseologiyada tafakkur bilish, haqiqat, subyekt, obyekt, moddiylik va ma'naviylik, inson va kompyuter, hissiyot va ratsionallik, nazariya va amaliyot, tushuncha va kategoriyalardan iborat, bilish mantig'idir. Epistemologiya ilmiy bilish to'g'risidagi fandir. Epistemologiya aniliz va sintez, induksiya va deduksiya, intuitsiya, tafakkur kabi kategoriyalarda ifodalanadi. Ilmiy dalililarni avvalo falsafiy, qonun va kategoriyalar asosida isbotlanishi ilmiytadqiqotning qimmatini belgilaydi. Pedagogik jarayon falsafiy konsepsiyalar, qarashlar bilan tahlil etilsa, ilmiylik darajasi yuqori bo'ladi. Pedagogikaning umumiy qonuniyatlari va prinsiplari ilmiy faoliyat mezonidir. Har bir voqelik, psixologik-pedagogik qonuniyatlar asosida tahlil etilishi muayyan konsepsiyani ilmiy dalilidir. Masalan, biror ilmiy konsepsiyani tahlilida ta'lim-tarbiyaning davr talabi, mavjud shartsharoitga mosligi qonuniyati asosida yondashish uning ilmiy-amaliy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini beradi. Falsafada haqiqat, haqqoniylik kategoriyasi, prinsiplari barcha fanlar jumladan, pedagogik tadqiqotlar uchun ham metodologik asosdir. Har bir fandagi singari pedagogik tadqiqotda ham ilmiy dalillarga asoslanadi. Tadqiqot ilmiy dalililardan boshlanadi va gipotezani isbotlanishi bilan umumlashtiriladi. Ilmiy dalil tadqiqotning bilish hayotiy tajribasi tushunchasiga bog'liq. Ilmiy dalillar mantiqiy tahlili va axborot va grafik modellar bilan ifodalanishi mumkin. Tadqiqotchi o'z oldiga qo'ygan muammolarni yechishda, mavzuga doir ilmiy dalililarni yig'ish va umumlashtirishdan boshlaydi. Ma'lumotlar, manbalar tartibga solinadi, nazariy xulosalar chiqariladi, tushuncha va kategoriyalar aniqlanadi. Bilish jarayonida fikriy tajriba alohida o'rin tutadi. Aqliy bilishga ratsionalistik ta'limotga qarama-qarshi empirik ta'limot tarafdorlari tajribani, aynan fikriy tajribasini bilishning tadqiqotning hal qiluvchi omili deb qaraydilar. Prof.D.Shodiyev doktorlik dissertatsiyasida fikriy eksperiment pedagogik tadqiqotda samarali vosita ekanligini asoslagan. Ilmiy dalillarning o'ziga xos xususiyatlari: ijtimoiy taraqqiyotning istiqbolini ko'ra bilish, shu asosda uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayoni va buguni va kelajagi, amaliyoti ishlab chiqish; xulosa uchun yetarli amaliy natija, misollar, har tomonlama mulohaza, fikriy tahlil qilingani; hozirgi davrda pedagogik muammolar tadqiqoti ilmiy asoslangan ma'lumotlar; har qanay pedagogik tadqiqot yetarlicha amaliy ko'rsatgichlar bilan asoslashi; tadqiqot natijasi fan amaliyoti, mantiq, psihologik jihatdan argumentli bo'lishi kabilar. Dalil - ilmiylik mezoni. Pedagogik tadqiqotning mantiqiy genoseologik modeli: muayyan tadqiqotning umumiy bilish qonuniyatlariga mosligi; muayyan tadqiqotning umumiy mohiyati, mantiqiqy izchilligi; ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.22 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.22 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:47 ]
Arxiv ichida: doc