Pedagogik tadqiqotlar mazmuni va mohiyati

Pedagogik tadqiqotlar mazmuni va mohiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik tadqiqotlar mazmuni va mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik tadqiqotlar mazmuni va mohiyati Reja: Pedagogik tadqiqotlarda zamonaviy umummetodologik konseptual yondashuvlar Didaktik qonuniyatlar ta'lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalashning metodologik asoslari Pedagogik tadqiqotni o'ziga xos xususiyatlari Metodologiya, bilim va faoliyat tizimi Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta'minoti, pedagogik refleksiya Pedagogik tadqiqotlarda zamonaviy umummetodologik konseptual yondashuvlar O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot modelida mamlakat rivojlanishining ma'naviy-axloqiy negizlari, tamoyillari: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, milliy qadriyatlarni o'rganish va rivojlantirish, har bir shaxsning hartomonlama shakllanishiga shart-sharoit yaratish, vatanparvarlik; O'zbekiston kadrlar tayyorlash Milliy modelida fan, fanning jahon faniga integratsiyasi, kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ilmiy-metodik ta'minlash XXI asrda fanning ustuvorligi, o'z predmeti bo'yicha ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga samarali xizmat qilish; O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot modelida barkamol avlodni shakllantirish dasturi, milliy g'oya komil inson tamoyili, har bir shaxsni hartomonlama kamol toptirish konsepsiyasi; Ta'lim-tarbiyaning birligi sharqona hayot falsafasi ekanligi; Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalash-mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti ta'limoti; Tarixiy xotirasiz-kelajak yo'q, O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati; «Inson qalbiga yo'l ta'lim-tarbiyadan boshlanadi O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov ta'limoti. Ta'lim-tarbiya mazmuni, metodlari va vositalarini modernizatsiyalash; Ta'lim-tarbiya jarayonini modellashtirish; Kompetentli yondashuv asosida bo'lajak mutaxassislarni kasbiy shakllantirish; Pedagogik antropologiya-shaxs va jamiyat integratsiyasi omili; Akmeologik yondashuv asosida yoshlarda ijodkorlik va tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish; Ta'lim paradigmalari va didaktik qonuniyatlar asosida yondashuv; Tarbiya paradigmalari; Ta'lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish; O'zbekistonda hamkorlik pedagogikasining o'ziga xos xususiyatlari, mahalla, ijtimoiy nodavlat institutlari, ta'lim-tarbiya umumxalq ishi ekanligi; Globallashuv sharoitida yoshlarning til madaniyati, axborot tizimidan foydalanish madaniyati, mafkuraviy immunitetni shakllantirish; Insonshunoslik predmetida pedagogikaning fanlararo bog'liqligi tamoyillari: Insonshunoslik - Inson - shaxs, odam, shunoslik - forscha - bilish, o'rganish, ta'limot degan ma'nolardan iborat bo'lib, fanshunoslikning bir bo'limidir. YA'ni, ijtimoiy zarurat asosida insonning o'zini o'rganadigan, ravnaq topishiga yo'nalgan, obyektiv tabiati va ijtimoiy voqelik tajribalarini fan sifatida umumlashmasidir. Afsuski, insonshunoslik tushunchasi uzoq asrlardan beri qo'llanib kelinsada, lug'atlarda u haqida ma'lumot yo'q. Insonni o'rganadigan fanlar har qanday alohida o'z predmeti va vazifalariga ega bo'lsa-da, insonshunoslik tushunchasining mohiyati va predmeti aniq belgilanmagan. Insonshunoslik insonni bir butunlikda o'rganishdir. Qadimgi yunon faylasuflari asarlarida insonshunoslik faniga ma'lum darajada asos solingan. Renissansning beshigi bo'lgan Markaziy Osiyoda o'rta asrlardayoq tom ma'nodagi insonshunoslik fani rivojlangan. Ma'lumki, insonni ulug'lash, o'rganish uyg'onish davrining o'ziga xos tamoyillaridan biridir. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino inson bilan bog'liq holda, tabiiy, ijtimoiy xususiyatlarini bir butunlikda o'rganish va uni tarbiyalash masalasini ilmiy hamda amaliy asoslaganlar. Insonshunoslik tushunchasini insonparvarlik bilan aralashtirib, almashtirib ishlatish hollariga yo'l qo'yiladi. Insonparvarlik tushunchasiga ayrim lug'atlarda izoh berilgan. Jumladan, Falsafa lug'ati da ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.2 MB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga