Pedagogik tadqiqotlar va ularning metodologiyasi Reja: 1.Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari fanining maqsad va vazifalari. 2 .Pedagogika fanining dolzarb muammolari. 3 Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari. 4. Pedagogikaning metodologik muammolari. 5. Pedagogik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy elementlari. Pedagogika fani hozirgi davrda har qachongidan ham muhim rivojlanish davriga kirdi. Chunki mustaqil O'zbekiston Respublikasining kelajagi unda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga bog'liq. Ta'lim to'g'risidagi Qonun Prezidentimiz I.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining I - chaqiriq 2 -sessiyasida O'zbekiston siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari haqida qilgan ma'ruzasida pedagogik tadqiqotlar oldiga muhim talablar qo'ydi. Zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor Qonunlariga mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun vazifasi ekanligi va buning uchun Maktab- o'rta -oliy ta'lim, ilmiy - tadqiqot institutlari shaklidagi ilmiy - ma'rifiy komplekslarni vujudga keltirish lozimligini ta'kidladi. O'zbekiston Oliy Majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz ta'limni isloh qilish sohasidagi katta vazifalarni belgilab berdi. Ta'lim to'g'risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini qabul qildi. Bu pedagogik ilmiy tadqiqot ishlariga yanada mas'uliyat bilan yondoshishni taqozo etadi. Chunki Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi pedagogik tadqiqotlar oldiga katta va mas'uliyatli vazifalarni qo'ydi.Dasturda Fan bilan ta'lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish sohasidagi vazifalar alohida belgilab berildi. Pedagogik ilmiy - tadqiqot ishlari bilan faqat ilmiy xodimlargina emas, balki maktab o'qituvchilari ham shug'ullanishlari, ularning ijodiy ishlari ta'lim- tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Universitet va pedagogika institutlarida talabalarning ilmiy- tadqiqot ishlari, asosan, professio-nal-pedagogik, o'quv-tarbiyaviy yo'nalishda amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: talabalarda izlanishga, tadqiqotchilik faoliyatiga, o'quv-tarbiyaviy ishlarga ijodiy yondashishni rivojlan-tirish; mutaxassislikka oid va pedagogik- psixologik fanlarga oid o'quv-tadqiqot ko'nikma va malakalarini shakllantirish; -adabiyotlar va boshqa ilmiy manbaalarni o'rganish va tahlil qilish qobiliyatlarini o'stirish; -o'quvchilar bilan olib boriladigan ta'lim- tarbiyaviy ishlar, shuningdek, mutaxassislik fanlari sohasidagi muammolarni ko'ra olish va shu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ko'nikma va malakalarini egallash; o'z faoliyatini muvafaqqiyatli tashkil qilishda ilmiy- tadqiqot metodlaridan froydalanishga o'rgatish. Pedagogika oliy o'quv yurtlarida talabalar bajaradigan ilmiy tadqiqot ishlari ikki yo'nalishda tashkil qilinadi: birinchisi, o'quv mashg'ulotlari bilan bog'liq bo'lgan tadqiqot ishlari, ya'ni o'quv- tadqiqot ishlari; ikkinchisi, auditoriyadan tashqaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari. O'quv mashg'ulotlari bilan bog'liq bo'lgan tadqiqot ishlariga quyidagilar kiradi: - laboratoriya mashg'ulotlarini o'tishda tadqiqot ishlariga o'rgatish; -o'quv predmetlaridan amaliy mashg'ulotlar uchun tajriba va eksperiment materiallarini to'plash; -qo'shimcha adabiyotlarni, ayniqsa ilmiy-tadqiqot metodlari va metodologiyasi masalalari bilan bog'liq bo'lgan adabiyotlarni (vatan va chet el adabiyotlarini) o'rganish va tanqidiy tahlil qilish; -to'plangan tadqiqot materiallari asosida referat va ma'ruzalar yozish; pedagogik, ishlab chiqarish va dala amaliyotlari davomida, o'quv ekspedisiyalari vaqtida o'quv topshiriqlari bo'yicha individual yoki jamoaviy tadqiqot ishlari olib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.38 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.38 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:47 ]
Arxiv ichida: doc