Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari

Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari Reja: 1. Tizimlar haqida tushunchalar 2. ma'lumotlar va ma'lumotlar bazalari 3. Axborot tizimlari 4. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 5. Ekspert tizimlar 6. Ilmiy tadqiqotlarning avtomatlashtirilgan tizimlari Tizimlar haqida tushunchalar Tayanch iboralar va atamalar: tizim, tizimiylik, uzluksiz ta'lim tizimi, kiem tizim, ierarxik tizim, detallar va qurilmalar tizimi, kiem tizim, ochiq tizim, elementlar, tuzilish, vazifa, maqsad, ishlab chiqarishning tashkiliy tizimi, kompyuterli tizim, telekommunikatsiya tizimi, axborot tizimi, sun'iy tizimlar, tabiiy tizimlar, aralash tizimlar, ergonomik tizimlar, biotexnik tizimlar, mafkuraviy tizim, ijtimoiy tizim. tizim - malum maqsad sari yo'naltirilgan va shartlar asosida ifodalangan yoki yagona malum maqsad asosida ifodalangan o'zaro bog'liq manbalar (qism tizimlar, elementlar) majmuasi. Tizim - bu o'zaro ta'sir ostidagi elementlar kompleksi. Umuman olganda tizim tushunchasi «element», «aloqadorlik», «bir butunlik», «yaxlitlik», «birlik», «struktura», «ierarxiya», «elementlar o'rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari» va shu kabi terminlar (tushunchalar) bilan bog'liq holda ifodalanadi. Tizimlilik - bilish obyektlarining xususiyatlarini tadqiq etish imkoniyatini ham yaratadi. Bu esa bilimda obyektni xuddi tizim singari yaratish haqida fikr yuritishga olib keldi. Demak, yuqoridagi tizimlarga berilgan ta'riflardan quyidagi fikrni hosil qilish mumkin, yani tizim elementlari va qism tizimlarga ega bo'lgan hossa hamda xususiyatlardan iborat bo'lgan umumiy qonuniyat asosidagi birlashtirilgan obyektlar majmuini tizim deb tushunish kerak ekan. Bundan chikadiki, tizim tushunchasi keng manoda ishlatiladi va unga moe turlari ham ko'p bo'ladi. Ular: uzluksiz ta'lim tizimi (ta'lim-tarbiya sohasida); ierarxik tizim (obyektlarni ilmiy va bosqichma-bosqich o'rganish bo'yicha); detallar va qurilmalar tizimi (mashina yaratish jarayoni bo'yicha); hujayralarning bir butun majmui tizimi (tirik organizmni o'rganish bo'yicha); ishlab chiqarishning turli tarmoqlari tizimi va shu kabilar. Har qanday holatda ham tizimning tashkil etilishi, uning elementlari va kiem tizimlari hamda ulardagi umumiy qonuniyatlar asosida olib boriladi va obyektlar (kiem tizimlar va elementlar) yagona tizim sifatida ishlaydi. Bunday jarayonlar mazmun-mohiyat jihatidan ierarxik tizimni tashkil etadi. Qism tizim - yagona tizim va uning funksional vazifasi bo'yicha qo'yilgan maqsad yechimi sari yo'naltirilgan o'zaro bog'langan elementlar majmuasi. Ierarxik tizim - u ixtiyoriy tabiatli (texnik, iqtisodiy, biologik, ijtimoiy texnologik, metodologik va h.k.) Tizim bo'lib, uning amal qilish jarayoni (funksional vazifasi) ko'p bosqichli tuzilmadan iborat bo'ladi. Demak, tizimlar elementlar va kiem tizmlaridan hamda ular bo'yicha umumiy qonuniyat asosida ierarxik (ko'p bosqichli) holatda tashkil topar ekan. Tizimlarning bunday tashkil etilishida yana bir muhim jihat bor, yani obyektlar va ular asosida shakllanayotgan tizimlar tadqiqot olib borilishiga qarab, uning elementlari soni ko'payib yoki kamayib borishi mumkin. Masalan, uzluksiz ta'lim tizimidagi ta'limning har bir bosqichini olaylik. Aytaylik, undan mustaqil tizim sifatida maktabgacha ta'lim tizimidan olingan bo'lsin. Dastlab uni o'rganganimizda - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 52.89 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 52.89 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga