Pedagogik tadqiqotning asosiy kategoriyalari va tushunchalari Reja: Metodologik va maxsus ilmiy tadqiqot Metodologik kategoriyalar Pedagogik ijodkorlik va uning o'ziga xos xususiyatlari Intuitsiya, zehn va pedagogik tafakkur Innovatsion faoliyat va innovatsion salohiyat Tadqiqot loyihasi va dasturi Metodologik va maxsus ilmiy tadqiqot Har bir fanning o'ziga xos kategoriyalari, tushunchalari, tadqiqot predmeti, obyekti va fanshunoslikning umumiy qoidalari, ilmiylik mezoni ifodalanishidir. Globallashuv jarayonida fanning rivojlanishi, ilmiy tadqiqot tili, kategoriyalari uning umumiy jahonshumul va xususiy muayanligi muhim o'rin tutadi. Shuning uchun pedagogik tadqiqot lingvistikasi ilmiy faoliyatning tarkibiy qismidir. Tadqiqotda tafakkur, tasavvur va voqeylikni ifodalash tushunchalari, lingvistikasi bir-birini to'ldiradi, lingvistik, ilmiy kategoriyalarsiz tafakkur, fikr, g'oya bo'lishi mumkin emas. Fanning tili, tadqiqotning tili uch tomonlama xususiyatga ega: Birinchidan, grammatik qoidalar, jonli tushunarli tili; Ikkinchidan, jahonda tan olingan ilmiy kategoriyalar, tushunchalarda ifodalanishi; Uchinchidan, har bir fan tadqiqotning predmetidan kelib chiqadigan tushuncha va kategoriyalar mohiyati, voqeylikni ifodalovchi lingvistik darajasini umumlashtirib, fanning mantig'i deb ham atash mumkin. Chunki fanning metodologik ta'limotga asos solingan qadimgi Yunonistonda falsafaning tarkibiy qismi sifatida mantiq (logika) fani ham shakllangan. Ilmiy tadqiqotda mantiqiy tafakkur, mantiqiy fikrlash pedagogik lingvistika darajasini belgilaydi. Til muloqot-vositasi, olimning omma bilan umumiy muloqoti, o'z tadqiqotini ommalashtirishi, targ'ib qilishi avvalo, o'z tadqiqot natijasini talqin qilishi, tadqiq etishi, himoya qilishi, muhokama, munozara qilishi uning til boyligi, mahorati, qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Pedagogik tadqiqot ta'lim-tarbiyaning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o'rganish, tushunchalari fanlararo bog'liqlik, fanshunoslik va umumjahon fanida qabul qilingan metodologik kategoriyalar deb asoslanadi. Kadrlar tayyorlash Milliy modelida belgilangan fanning istiqbolli vazifalaridan biri jahon faniga integratsiyalashuvidir. Globallashuv sharoitida jahonning ilg'or tajribalaridan foydalanishi va taraqqiyotning o'zbek modeli, O'zbekistonda pedagogik yutuqlarni namoyish qilish davr talabidir. Shuning uchun fanda qabul qilingan kategoriyalar va tushunchalar ilmiy bilishning muhim omilidir. Tushuncha, abstrakt tafakkur shakli - ba'zi narsalarni umumlashtirish va shu narsalar uchun umumiy bo'lgan belgilar yig'indisini fikran ajratish natijasidir. Ilmiy bilishda xususiy, umumiy va eng umumiy tushunchalar bo'ladi. Tushuncha so'ziga tushunmoq, tushunish so'zlari yaqinligi abstrak fikrlash ekanligidan dalolat beradi. Oliy darajadagi tushunchalar ideallik sohasini tashkil qiluvchi g'oyalardir, «G'oya tarzidagi tushuncha kelajakning yoki kelajakdagi narsalarning obrazidir. Shunday qilib, voqeylikni chuqur aks ettirilishi, anglashi va yo'nalishiga ko'ra tushunchalarni to'rt guruhga bo'lish mumkin: 1. narsalardagi umumiylikni aks ettiruvchi tushunchalar; narsalardagi muhim belgilarni qamrab olgan tushunchalar; narsalarning mazmun, mohiyati ochilishiga bog'liq tushunchalar; g'oya - tushunchalar Tushunchalar asosida xulosa shakllanadi. Tushunchalar predmetning, voqeylikning mohiyati, o'ziga xos xususiyati leksikologik va ilmiy xossasi. Kategoriya (yunoncha - tafsilot, belgi) voqeylik va bilshning umumiy xususiyati haqida fundamental, nazariy tushuncha. Pedagogikaning ilmiy tili, tushuncha va kategoriyalari yangi tadqiqotlar, jahon ilm fani yutuqlari asosida boyib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.82 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.82 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:47 ]
Arxiv ichida: doc