Pedagogik tadqiqotning metodologik tamoyillari

Pedagogik tadqiqotning metodologik tamoyillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik tadqiqotning metodologik tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik tadqiqotning metodologik tamoyillari Reja: Pedagogik tadqiqotning umumiy tamoyillari Pedagogik tadqiqot metodlarini tasniflash Adabiyotlar va arxiv materiallarini o'rganish Pedagogik ilmiy tadqiqotning kuzatish metodi Pedagogik ilmiy tadqiqotning so'rov-anketa metodi Pedagogik ilmiy tadqiqotning test metodi Pedagogik ilmiy tadqiqotning eksperiment metodi Ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish va umumlashtirish Pedagogik tadqiqotning umumiy tamoyillari Metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish usullari, tizimi, ilmiy bilishdir. Yunoncha metod yo'l, kuzatish, tadqiqot, maqsadga erishish usuli logos-ta'limot, ya'ni ilmiy bilish haqida ta'limot. Ilmiy bilishda umumiy metodologiya va xususiy metodologik asos mavjud. Umumiy metodologiya falsafaning dialektik qonunlari, ilmiy bilish haqidagi ta'limotlar, jamiyat taraqqiyotning hozirgi davridagi konsepsiyalar, milly g'oya, mafkura. Professor N. SHermuhammedova ta'kidlaganidek, hozirgi davrning metodologik tamoyillari: Muofiqlik tamoyili - ilmiy bilishning mazkur sohasida bilimlarning yangi tamoyillar, g'oyalar konsepsiyalar asosida tizimga solish; To'ldiruvchanlik tamoyili - tadqiqotning ko'pgina obyektlari mikrodunyoning zarraga o'xshash eng oddiy obyektlaridan tortib inson va jamiyat singari murakkab obyektlarigacha. Qarama-qarshi nazariyalarni birlashtirish asosida to'la tavsiflanishi; Verifikatsiya tamoyili - mohiyat e'tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash; Falsafikatsiya tamoyili - mazkur tamoyilga binoan faqat inkor etish orqali tekshirib ko'rish imkoniyati bo'lgan bilim ilmiy bilim bo'lishi mumkin; Reduksiya tamoyili - ma'lum yaxlitlik tizim murakkabligini uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari unsurlari orqali bilishdir; Yaxlitlik tamoyili - tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa obyekitlar bilan o'zaro aloqada bo'lish; Kontirreduksiya tamoyili - elementar zarralardan tortib to ijtimoiy tabiiy tizimlargacha barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan tabiiy tilga amal qilish; Sistemali yondashuv tamoyili - ilmiy bilishning tarmoqlangan sohasi bo'lib, uning predmetida reduksiya yaxlitlik va kontirreduksiyaning metodologik muammolari kiradi; Modellashtirish va o'xshatish metodi - obyektlarning ba'zi xossalarini ularga o'xshagan moddiy yoki nomoddiy (konseptual tushunchaga asoslangan mantiqiy) konstruksiyalarni tadqiq qilish orqali; Mavhumlashtirish, ideallashtirish va formallashtirish metodlari - ilmiy tadqiqot jarayonida eng muhum xossalari cheklangan obyekt shaklida mavhumlashtirish ifoda etish xayoliy obrazlar yaratish; Mantiq metodlari - tahlil, induksiya, deduksiya, obyektlarni tadqiq etish jarayonida uning tarkibiy qisimlarini ajratish alohida faktlarga asoslanib umumiy mulohaza yuritish umumiy qoidalarga asosan xususiy xulosalar chiqarish kabilar. Pedagogik tadqiqotda ana shu tamoiyllar va milliy g'oya, milliy mafkura, umummetodologik asos bo'ladi. Zero, ta'lim-tarbiyaning tarixiylik, intelektik, umuminsoniylik qoununiyati har bir masalaga milliy qadriyatlar, mafkura asosida yondashishini taqozo etadi. Ijtimoiy gumanitar fanlar uchun ilmiy asoslangan davlat dasturlari, qonunlari, rivojlanish konsepsiyalari umummetodologik yo'riqnoma bo'ladi. Ayniqsa, O'zbekistonda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, ta'lim to'g'risidagi Qonun pedagogik tadqiqotning metodologik asosidir. Demokratik jamiyat qurish konsepsiyasi har bir ijtimoiy fanning o'z qonunlaridan, predmetidan kelib chiqadigan xususiy, metodologiyani rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Avvalo, ilmiy pedagogik tadqiqotda shaxsiy yondashuv, faoliyatli yondashuv, polisu'bektli yondashuv, madaniy yondashuv, antropologik yondashuv, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 815.61 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 815.61 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga