Pedagogik takt va pedagogik odob

Pedagogik takt va pedagogik odob

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik takt va pedagogik odob - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik takt va pedagogik odob Reja: Pedagogik takt - о' qituvchi kasbiy mahoratining asosi. Hamkorlik pedagogikasi. Pedagogik odob me'yorlari va omillari. O'qituvchining dilkashlik xususiyati va uning ahamiyati. Pedagogik takt - o'qituvchi kasbiy mahoratining asosi. Takt ahloqiy tushuncha bo'lib, u insonlarning o'zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, insonparvarlik g'oyalariga asoslangan bo'lib, andishali xulq, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o'qituvchidan andishali bo'lish talab qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalar oldida o'zini tutishni bilishi, bolaning holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta'sir yo'lini topa olishidir. Shunday qilib, pedagogik takt bu o'qituvchining talabalarga nisbatan amalga oshiradigan ta'sirining mezonidir. ТАKT VA TAKTIKA Taktika tanlash turli vaziyatlarda turli rollarni bajarish bilan bog'liq. Bu haqida ma'lumotni psixolog A. B. Dobrovich kitoblaridan olish mumkin. Bu to'rtta pozisiya bo'lib, ular quyidagicha: «yuqoridan pastga», «pastdan yuqoriga», «yonma-yon» va «aralashmaslik pozisiyasi». «Yuqoridan pastga» pozisiyasi o'qituvchi mustaqilligini, barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishini namoyish etadi. Bu pozisiya ota pozisiyasi ham deb ataladi. «Pastdan yuqoriga» pozisiyasida o'ziga ishonmaydigan, tobe' shaxs bo'ladi. A. B. Dobrovich so'zi bilan aytganda, bu bola pozisiyasi. «Yonma-yon» pozisiyasida farosatlilik va vazminlik, vaziyatga qarab ish tutish, boshqalaming ham manfaatini o'ylash, o'zi va ular o'rtasida mas'uliyatni to'g'ri taqsimlash ifoda etiladi. Bu katta odam pozisiyasi. MS: Sizningcha, pedagog qanday pozisiyani qo'llagani ma'qul? Har bir pozisiyaning qo'llanishi vaziyat talabiga mos tanlanadi. Muloqot ikki tomonlama jarayon bo'lganligi uchun o'qituvchi talaba rolini ham inobatga olishi shart. O'qituvchining odatiy pozisiyasi bu hamkorlikda ish olib borayotgan katta odamning, ishga aloqador (rasmiy) darajani talab qiluvchi pozisiyasi. Bu pozisiya talabada teng huquqli sherikni shakllantiradi, o'zaro ishonch muhitini yaratadi. Bunda shunday uslublarni qo'llash mumkin: «Sizlar bilan maslahatlashmoqchi edim», «Kelinglar, o'ylab ko'raylik» va ho kazo. Pedagogik ta'sirning etakchi usullaridan bin - pedagogik talabdir. Pedagogik talab iltimos, rag'batlantirish, ma'qullash, faoliyatga undash, talabaga nisbatan ishonchni namoyish qilish va boshqa shakllarda ifodalanadi. Pedagogik taktni shakllantirish omillari. Insonparvarlik g'oyalariga asoslangan pedagogikada pedagog quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim, deyiladi: Tarbiyalanuvchilarga mehrli bo'lish, mehrini ko'rsata olisbi; Talabalar hatti-harakatlarining ichki prajinalarini ko'ra olish; Vaziyatni to'g'ri baholay olish; Maqsadga muvofiq ta'sir usulini tanlash; Talabalar bilan samarali muloqot qura olish. Pedagog va talaba pozisiyalarining to'g'ri kelmasligi ko'p konfliktlarga sabab bo'ladi, shuning uchun konflikt vaziyatlarda qo'llaniladigan sinalgan QOID ALARM bilish kerak. Birinchi qoida. Konflikt vaziyatini o'z qo'liga olish bu emosional taranglikni bartaraf etishni anglatadi. Buning uchun ortiqcha jismoniy zo'riqishdan, ortiqcha hatti-harakatlardan halos bo'lish. Mimika, poza, jestlar faqatgina odamning ichki kechinmalarini ifodalab qolmay, unga ta'sir ham ko'rsatadi. Shunday qilib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.16 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.16 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga