Pedagogik taqqoslash fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlarning tutgan o'rni

Pedagogik taqqoslash fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlarning tutgan o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik taqqoslash fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlarning tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik taqqoslash fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlarning tutgan о'rni Reja: 1. YUNESKO tashkilotining ta'lim sohasidagi faoliyati. 2. YUNISEF, MOT(XMT) xalqaro tashkilotlarining vazifalari va ta'lim-tarbiya jarayonlari yuksalishidagi о'rni. 3. AQSH ning Tinchlik korpusi va uning ish faoliyati. BMT;YUNESKO;YUNISEF;MOT(XTM);Tinchlik korpusi YUNESKO- by tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim, fan, madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bо'lib, u 1946 yilda tashkil etilgan. 1992 yilgi ma'lumotlarga qaraganda, bu xalqaro tashkilotga jahonning 171 davlati, shu jumladan, О'zbekiston ham a'zodir. By tashkilotning qarorgohi Fransiyaning poytaxti Parij shahrida bо'lib, uning oliy boshqaruv organi - Bosh direktordir. Bu xalqaro tashkilotga a'zo bо'lgan mamlakatlarning vakillari 2 yilda bir marta о'zlarining Bosh konferensiyalariga tо'planadilar. Bu anjumanda ular YUNESKOning keyingi 2 yillik faoliyatining dasturini qabul qiladilar. Ushbu dasturni amalga oshirish uchun unga a'zo bо'lgan davlatlar mablag' - byudjet ajratadilar. YUNESKO faoliyatida xalqaro hamkorlik, tinchlikni saqlash masalalari asosiy о'rinni egallaydi. Shu tufayli ham uning Nizomida Urush haqidagi fikrlar odamlar aqlida paydo bо'ladi, binobarin, urush vasvasasini ularning ongidan chiqarib, tinchilikni himoya qilish g'oyasini tarbiyalamoq kerak- deb yozib qо'yilgan. YUNESKO faoliyati о'ta xilma-xil va kо'p qirralidir. Loaqal uning ta'lim bо'yicha faoliyatiga nazar tashlaylik. Bu boradagi ishlar juda kо'p yо'nalishlarda olib boriladi va bu yо'nalishlar bir-biridan muhimdir. By rivojlanayotgan mamlakatlarda savodsizlikni tugatish, jahon ta'limi rivojlanishidagi tendensiyalarni tahlil qilish va uni ommalashtirish, u yoki bu mamlakatda ta'lim bо'yicha olib borilayotgan siyosatni ham moddiy ham ma'naviy rag'batlantirish va xokazolar. YUNESKO mazmunli ta'limining hamma uchun birday imkoniyat doirasida bо'lishini ta'minlash, uning uzluksizligini qaror toptirish, ta'limni va uning shaklini kelajakda rivojlanishi tamoyillaridan kelib chiqadi. О'qituvchi kadrlar tayyorlash, ularni nazariy-metodik saviyasini muttasil oshirib borish, jahonning ba'zi mamlakatlarida muammo bо'lib hisoblangan xotin-qizlarning erkaklar bilan bab-barobar bilim olish haq xuquqlarini ta'minlash, ekologik ta'limni yо'lga qо'yish darslik va dasturlarni takomillashtirish, mamlakatlar о'rtasida ta'lim bо'yicha hamkorlikni butun choralar bilan rivojlantirish va juda kо'p boshqa masalalarni hal etadi. Bu sahovatli faoliyatning barchasi yoshlarga jahon talablari ruhida ta'lim berish ularni xalqaro hamkorlik, о'zaro ishonch, dо'stlik, birodarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgandir. Fan va texnologiyani rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo dasturni amalga oshirdi. Bu dastur asosan ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza etish bilan bog'liqdir. Shuningdek, mazkur yunalishda muvofiqlashtirilgan, birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, jahon ilmiy markazlari, universitetlar, olimlar hamkorligini rivojlantirish bilan bog'liq muhim ishlar ham yо'lga qо'yiladi. Ma'lumki, hozirgi dunyoda millatlar va xalqlarning madaniy, tarixiy meroslarini, osori atiqalarini asrash, avaylash, kelajak avlodlar uchun uni saqlash, ta'mirlash ishlari katta ahamiyatga molikdir. Bu jahonshumul masalada YUNESKO asosiy о'rinni egallaydi. Uning rо'yxatiga jahon tarixiy yodgorliklarining iftixori hisoblangan buyuk Xitoy devori, London Taueri, Klimenjarodagi milliy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.31 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.31 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga