Pedagogik ta'sir ko'rsatishdagi mahorat

Pedagogik ta'sir ko'rsatishdagi mahorat

O'quvchilarga / Pedagogika
Pedagogik ta'sir ko'rsatishdagi mahorat - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik ta'sir ko'rsatishdagi mahorat Режа: Pedagogik ta'sir ko'rsatish va uning ta'lim - tarbiyaviy mohiyati. Pedagogik ta'sir ko'rsatishda ishontirish. Ta'sir ko'rsatishning yo'nalishlari. Ta'sir ko'rsatish shakllari va ularning samaradorligini ta'minlash shartlari. O'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishning xilma-xil manbalari ichida alohida ahamiyat pedagogga beriladi. Tarbiyalanuvchining ongi, hissiyoti, faoliyati va xulqiga ta'sir etishda pedagoglar qanday imkoniyat vositalariga ega? Hamma ham, ayniqsa, yangi ish boshlovchi pedagoglar bu usullarni biladimi yoki tushunadimi, o'quvchilar bilan muomala qilish va ta'sir etish ko'nikmalarini egallaganmi? Ijtimoiy-psixologik nazariyani va muomala qilishning pedagogik amaliyotini o'rganish asosida kommunikativ ta'sirning ikki asosiy usullarini ajratish mumkin. Bular so'z yordamida ishontirish va ta'sir etish; his-tuyg'u, tarbiya xatti-harakatini shakllantirish, mustahkamlash va o'zgartirishga qaratilgan usullar yig'indisidir. Lekin ishontirish va ta'sir etishning psixologik mexanizmi bir xilda emas. O'quvchilarga ta'sir etishning har qanday usullari o'zining spesifikasiga ega. Pedagogik adabiyotlarda «Pedagogik ta'sir» tushunchasi qabul qilingan. Bu o'rinda mazkur tushuncha tarbiyalanuvchining tarbiyachi bilan munosabati jarayonida uning faoliyati passivlashtirilib, qat'iy programmalashtirilib qo'yilmaydimi? - degan savolni tug'diradi. Ta'lim sohasidagi olib borilayotgan islohotlar maktablar oldiga yangidan yangi vazifalarni, xususan o'quvchilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, ijodkor, tashabuskor, mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan qilib tarbiyalashni qo'yimoqda. Bu esa o'z navbatida ta'lim - tarbiya jarayonini xamkorlik pedagogikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarda ilgari surilgan qonuniyat, qoida va usullar asosida tashkil etishni taqozo etadi. Ta'sir ko'rsatishning bu xildagi ko'rinishini taniqli pedagog A.S. Makarenko Parallel ta'sir ko'rsatish, Kelajak chizig'lar tizimi ta'limotlarida ta'riflagan edi. Bu o'rinda shuni ham aytib o'tish kerakki, parallel ta'sir ko'rsatishmi yoxud pedagogik ta'sir ko'rsatishmi baribir jarayonda o'qituvchi asos hisoblanadi. Uning uchun o'quvchi ta'sir ko'rsatishning obyekti hisoblanadi. Biroq o'qituvchi ta'sir ko'rsatish jarayonida o'z navbatida o'quvchi (obyekt)dagi ijobiy fazilatlarga hamda o'quvchilar jamoasining tarbiyaviy kuchiga tayanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik ta'sir har bir o'quvchida o'z - o'ziga ta'sir ko'rsatish ham yuzaga keladiki, bu xol o'zaro ta'sir ko'rsatishni yuzaga keltiradi. O'sayotgan yosh avlod ijtimoiy muhit, tabiat bilan doimo o'zaro ta'sirda bo'ladi. O'zaro ta'sirning natijasi uning ishonchliligi bilan o'lchanadi. Ya'ni uning egallagan bilim, qarashlari va munosabatlari, xulq normalari sistemasining mukammalligi bilan belgilanadi. Endi biz ishontirishni pedagogik o'zaro ta'sir natijasi sifatida qarab chiqaylik. Ishontirish haqiqiy va yolg'on bo'lishi mumkin. Haqiqiy ishontirish haqiqatga to'g'ri keladi va shaxsni ijtimoiy foydali odamga aylantiradi. Inson o'zining haqiqatda to'g'riligini himoya qilib, hatto o'limga ham bora oladi. Yolg'on ishonch salbiy qarashlar, salbiy hayotiy tajribalar tufayli yuzaga keladi. Yolgon ishonch bilan qaraydigan o'quvchilarni ko'plab uchratish mumkin. Lekin, biz ularni ajrata olamizmi? Yolg'on ishonch bilan qaraydigan o'quvchilarga quyidagilarni kiritish mumkin: - «a'lo»ga o'quvchi bolalar faqat maqtanish uchun o'qiydilar va ular darsni yodlab oluvchilardir; - haqiqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga