Pedagogik ta'sir yo'llari, pedagogik mahorat ko'rsatkichlari Reja: Pedagogik texnika mohiyati. Pedagogik texnika elementlari. Pedagogning professional pozisiyasi, pedagogik muloqot uslublari. Pedagogik mahorat darajasini aniqlash. Tayanch iboralar: Pedagogik ta'sir yo'llari, pedagogik texnika, nutq ko'nikmalari, mimik va pantomimik ifodalilik, o'z hissiyotlarini boshqara olish, xushmuomalalik, xayrixohlik, rejissyorlik va aktyorlik ko'nikmalari, muloqot elementlari, pedagogik nizo, pedagogik takt, boshqaruv uslublari, pedagogik muloqot uslublari, pedagogik mahorat darajasi. MS: Mahoratli pedagog bo'lish uchun insonda albatta ma'lum tug'ma iste'dod, moyilliklar bo'lishi shartmi? Aniq irsiy xususiyat sohibi bo'lgan talantli insongina haqiqiy usta-o'qituvchi bo'lishi mumkin, o'qituvchi bo'lib tug'ilmok zarur, degan fikrlarni ko'p uchratish mumkin. Lekin bu fikr hali aniq isbotini topmaganligi uchun bu masala hamon ochiq qolmoqda. Quyida buyuk pedagog A.S. Makarenko iste'dodli insonlarning tasodifiy taqsimotiga ishonish, faqat iste'dod hisobigagina tarbiyani amalga oshirish mumkin emasligini, hamma tarbiyaviy masalalarni mutaxassislik va bilishga asoslangan mahorat hal qilishi haqida yozgan. Yuqoridagi ma'ruzamizda pedagogik mahorat komponentlari qatorida pedagogik texnika tushunchasini ham sanab o'tgan edik Pedagog faoliyati samaradorligini belgilab beruvchi eng muhim komponent deb aynan pedagogik texnikani atashimiz mumkin va ushbu masalada alohida to'htalib o'tamiz. Avvalambor, pedagogik texnika nima o'zi, uning mohiyati nimada, degan savollarga javob bermoq zarur. Pedagogikada «pedagogik texnika» tushunchasining bir necha talqinlari mavjud. Ularning barchasi bu murakkab fenomenning turli qirralarini ochib beradi. Masalan: ► Pedagogik texnika - o'qituvchiga faoliyat jarayonida o'zi tanlangan pedagogik ta'sir usullarini samarali qo'llashi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka yig'indisidir. Qator ta'riflarda o'qituvchining o'z-o'zini boshqara olishi va talabalar bilan o'zaro ta'sirni o'rnatish ko'nikmasi muhim ekanligi qayd etilgandir. Pedagogik texnikaga nimalar kiradi? 1. Nutq ko'nikmalari (savodli, tushunarli, chiroyli so'zlay olish). Nutqning ifodaliligi, so'z orqali fikr va hissiyotlarni aniq ifodalay olishlik. 2. Mimik va pantomimik ifodalilik - aniq imo-ishora, ma'noli qarash, tabassum. 3. O'z hissiyotlarini boshqara olish, xushmuomalalik, xayrixohlik. 4. Rejissyorlik va aktyorlik ko'nikmalari. G. P. Aleshina - muloqot masalalari bo'yicha mutaxassis - muloqotni quyidagi elementlarga ajratadi. Birinchisi - nigoh. Xo'mraygan, sinchiklovchi nigoh suhbatdoshiga nisbatan ishonchsizlikni bildirib, uni cho'chitadi, so'zlovchidan uzoqlashtiradi. Surbetlarcha tikilib qarash havotirga soladi. Istehzoli, dimog'dorlik bilan qarash - haqoratlaydi. Ochiq, do'stona nigoh o'ziga moyil qiladi, ochiq, faol muloqotga zamin yaratadi. Muloqotning ikkinchi elementi - so'z. Muloqot davomida o'qituvchi so'z tanlashga, ularni o'rinli ishlatishga alohida e'tibor berishi, bunda xushyor bo'lishi kerak. O'zbek tili boy til bo'lib unda bir fikrni ifodalash uchun qator ma'nodosh so'zlar mavjud. Shularni tanlashda pedagogik takt, didaktik qobiliyatlarni ishga solmoq zarur. Muloqotning uchinchi, juda muhim elementi - ohang. Ba'zida ohang so'zdan ham ma'noliroqdir. Ohang quvonch va ranjishning belgisi bo'lib xizmat qiladi. U o'ziga tortishi yoki, aksincha, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.73 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.73 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:47 ]
Arxiv ichida: doc