Pedagogik texnika. Pedagogik texnikani shakllantirish usullari R eja: 1.Pedagogik texnikaning to'zilishi. 2.Pedagogik texnikani qanday egallash kerak. 3.Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi. Tayanch tushunchalar:Pedagogik texnika, pedagogik ta'sir, nutq, o'z ruhiy holatini tartibga sola bilish, verbal va noverbal vositalar, relaksatsiya, to'g'ri talaffo'z, mimika, pantomimika. 1.Pedagogik texnikaning to'zilishi. Mutlaqo to'g'ri bo'lgan pedagogik tadbirni o'rnatish mumkin emas. Pedagogik san'at vaziyat bilan bog'liq. Bu yerda har gal hamma narsa yangidan sodir bo'lganday tuyuladi. Binobarin, kishi o'zining har bir qadamini oldindan ko'rishi, rejalashtirishi amalda mumkin bo'lmaydi. Pedagogning mehnati behad izlanishlardan iborat. Pedagogik san'at - bu qo'l bilan tutib bo'lmaydigan, faqat farosat bilan amalga oshiriladigan ishdir, degan taassurot tug'iladi. Biz mohir pedagog - o'qituvchilarning muvaffaqiyat bilan ta'sir usullaridan foydalana olishini, turli amaliy pedagogik vazifalarni mohirona qo'yishi va hal etishini ko'ramiz. Bunda maxsus ko'nikma asosiy rol o'ynaydi, yani: o'quvchilarni bilish faoliyatiga jadal jalb etishi, savollar qo'ya olishi, jamoa va alohida shaxs bilan muloqoti, ko'zatmalar olib borishi, jamoani uyushtira olishi, o'z kayfiyatini, ovozini, mimika, xatti-harakatlarini boshqara olishi namoyon bo'ladi. ta'lim - tarbiya san'atida o'zining pedagogik texnikasi, o'zining bir qolipdagi mehnat madaniyati borki, ularni bilib olish zarur. Pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularni malakasini oshirishning butun sistemasi ana shunga qaratilmog'i lozim. Biroq, hali hech kim oliy o'quv yurtida ukib yoki o'qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagandan keyin usta pedagog bo'lib qolmagan. Pedagog mehnat ustalari maktabda vujudga keladi, bolalar bilan muomalada tarbiyalanadi. Pedagogik mahorat fahm-farosat va bilimlarning, chinakam ilmli, tarbiyadagi qiyinchiliklarni engishga qodir bo'lgan nufo'zli rahbarlikning, bolalar qalbining qandayligini his qilish qobiliyati, ichki dunyosi nozik va zaif bo'lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik, ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol, fantaziyaga bo'lgan qobiliyat mujassamidir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradiki, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab, ko'proq natijalarga erishish imkonini beradi. Aynan pedagogik texnika o'qituvchining ichki tuyg'ulari va tashqi qiyofasi uyg'un bo'lishiga yordam beradi. Pedagogning mahorati uning ichki madaniyati va pedagogik tashqi manodorligida aks etadi. Pedagogik texnika tushunchasi ikki tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: 1) Pedagogning o'z xatti-harakatlarini boshqara olish qobiliyati: o'z organizmidan (mimika, pantomimika) foydalana olish; o'z kayfiyati va hissiyotlarini boshqarish (psixik zo'riqishni oldini olish, ijodiy holatni vujudga keltirish); ijtimoiy - pertseptiv qobiliyatlar (diqqat, ko'zatuvchanlik, ijodiy tasavvur); nutq texnikasi (nafas olish, ovozni yo'lga qo'yish, to'g'ri talaffo'z, savodli nutq). 2) O'qituvchining shaxsga va jamoaga ta'sir eta olish qobiliyati va u ta'lim va tarbiya jarayonining texnologik tomonini yoritadi, yani didaktik, tashkilotchilik, loyihalash, kommunikativ qobiliyatlar; talablarning texnologik usullarini qo'ya olish; pedagogik muloqotni boshqarish, kollektiv ijodiy ishlarni tashkil eta ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.35 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.35 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:48 ]
Arxiv ichida: doc